Joriy yil sektor rahbarlarining joylarda yoshlar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, provardida zarur yechim topish an’anaga aylandi. Xususan, Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida ham bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot amaliy natijalarga boy bo‘ldi.
Unda viloyatning to‘rtta sektor rahbarlari, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Mirg‘oziyeva, tijorat banklari mutasaddilari, bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlari va yoshlar ishtirok etdi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlarning taklif va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, muammolariga ijobiy yechim topishda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Mutaxassislar tomonidan hududda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida ham to‘xtalib o‘tildi.
Ochiq muloqotda yoshlar ta’lim, uy-joy olish, tadbirkorlik faoliyati va qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanish uchun kredit va yer olish kabi masalalarda sektor rahbarlariga murojaat qildi.
— Tropik mevalarni yetishtirishga qiziqaman, — deydi hududda yashovchi Yorqin Dadaxo‘jayev. — bugungi muloqotda mutasaddilardan issiqxona qurilishi uchun yordam so‘radim. Bu iltimosim ijobiy hal qilinadigan bo‘ldi. Agar shu ishni tizimli tashkil etsak men kabi bir qator yoshlar bandligi ta’minlanadi. Daromadimiz ham oshadi.
Tadbirda 50 dan ortiq murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, tegishligi bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |