2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident tashrifidan so‘ng Arabxona “Obod mahalla” davlat dasturi asosida ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda

Davlatimiz rahbarining joriy yil 21-22-yanvar kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, “Mahallabay” ishni tashkil qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tomonidan Buxoro viloyati bo‘yicha eng chekka va olis hududlar o‘rganildi.

Jarayonda 55 ta ijtimoiy-iqtisodiy holati og‘ir bo‘lgan qishloq va mahallalar aniqlandi.  

– O‘rganishlar davomida yo‘l, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti, ijtimoiy soha ob’ektlarining ta’mirtalab holatlari, maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti, tibbiyot muassasalari yetishmasligi kabi muammolar mavjudligi qayd etildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Qudratov. – Aniqlangan muammolarning bartaraf qilinishini ta’minlash maqsadida, 10 ta eng og‘ir va olis hududlar “Obod qishloq” dasturiga kiritildi. Qolgan og‘ir va olis hududlarda viloyat, tuman va shahar sektor rahbarlarining ommaviy sayyor qabullarini o‘tkazish, uyma-uy yurish va ijtimoiy ob’ektlarni o‘rganish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal qilish, sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatish belgilandi. Xalq qabulxonalari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida viloyatda mavjud 802 ta ikki qavatli uy-joylarning 95 tasi ta’mirtalab holatda, 34 tasi avariya holatda ekanligi, tumanlarda joylashgan ikki qavatli uy-joylarning kanalizatsiya tarmoqlari mavjud emasligi aniqlandi. Ushbu muammolarni bartaraf qilish maqsadida sektor rahbarlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritildi.

Olot tumanidagi “Arabxona” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi ham ana shunday ijtimoiy-iqtisodiy holati og‘ir bo‘lgan qishloq va mahallalar toifasiga kiritildi. Bugun mazkur hudud “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda.  

Mahalla fuqarolar yig‘inida 6 ta ya’ni Ziyokor, Sherobod, Arabxona, Yangiyer, Nurli yo‘l va Yulduzlar ko‘chalari mavjud. Har bir ko‘cha viloyat hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi, prokuratura, soliq, Milliy gvardiya tashkilotlariga biriktirildi. Biriktirilgan viloyat va tuman tashkilotlari tomonidan qator amaliy ishlar boshlab yuborildi. 85 ta maxsus va muhandislik texnikalari jalb qilindi. Amaliy tadbirlarda asosiy e’tibor aholini himoyaga muhtoj qatlamlaridagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratildi.

Arabxona mahallasida jami 495 ta aholi xonadoni mavjud bo‘lib, 560 ta oila, 2 ming 30 nafar aholi istiqomat qiladi. Ayni kunga qadar 1 ming 73 ta muammo aniqlangan.  

Ishchi guruhlari tomonidan birma-bir o‘rganilgan 495 ta aholi xonadonida 905 ta muammodan 289 tasi joyida hal etildi. 124 ta muammoni hal etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mahalla hududida 2 nafar fuqaro “Temir daftar”ga, 39 nafari “Ayollar daftar”iga, 34 nafari “Yoshlar daftar”iga kiritilgan.

“Ayollar va Yoshlar daftari”ga kiritilgan 3 nafar fuqaroning yashash manzilida elektron hisoblagich o‘rnatildi. 1 ta gaz plitasi bilan ta’minlanib, 4 ta gaz ballon yetkazib berildi.  

Ayni kunga qadar 16,4 km uzunlikdagi ichki yo‘llarga 207 tonna qum-shag‘al, 106 tonna mahalliy xomashyo ishlatildi. 2,2 km gaz kuvuri tartibga solindi. 6 ta elektron hisoblagich o‘rnatildi.

Foydalanishda bo‘lmagan va demontaj qilingan 2,7 km gaz quvurining 1 km gaz ta’minoti tashkilotiga yetkazildi.

Aholiga qo‘shimcha ravishda yangi suyultirilgan gaz balloni va 2,6 tonna ko‘mir tarqatilgan.

Prezident tashrifidan so‘ng Buxorodagi eng chekka hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari avjida. Qaysi hududga bormang buning isbotini ko‘rasiz. Butun mamlakatimizda bo‘lganidek, buxoroliklar ham yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini ertaga yoki olis kelajakda emas balki bugun o‘z hayotlarida his etishmoqda.  

03.02.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar