
Joriy yilning 27-yanvar kuni yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan ikkita muhim yo‘nalish: yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish orqali ularning bandligini ta’minlash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ilgari surilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi, 4 ta sektor, Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, vazirlik va tashkilotlar raӽbarlari tomonidan «Temir daftar» va «Yoshlar daftar»ga ro‘yxatga olingan yoshlar bilan joylarda uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Navbatdagi uchrashuv Bo‘zatov tumanida o‘tkazildi.
Unda dastlab, ro‘yxatga olingan yoshlar orasida tadbirkorlikka qiziquvchi fuqarolarga berilayotgan imkoniyatlar, tumandagi yangi ish o‘rinlari, Yoshlar «1+1» dasturining ahamiyati, biznes g‘oyani amalga oshirish va ajratilayotgan subsidiyalarning yangi mexanizmi bo‘yicha interfaol usulda seminar trening tashkil etildi. Shuningdek, kiber jinoyatning oldini olishga oid videorolik namoyish etildi.
Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, ular tomonidan fikr va takliflar bildirilmoqda. Jumladan, yoshlar tomonidan bandlik, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit olish masalalari ko‘tarildi. Tadbir davomida bandlik masalasi bo‘yicha murojaat qilgan 16 nafar yosh ishga joylashtirildi.
– Bunday tadbirlarning tashkil etilishi yoshlar muammolarining joylarda hal etilishida muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi “Qushxonatog‘” ovul fuqarolar yig‘inidan Kunsuluv Qutlimuratova. –Mening murojaatim ijobiy hal etilib, tumandagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga ishga qabul qilinadigan bo‘ldim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, navbatdagi uchrashuv reja asosida 3 fevral kuni Amudaryo tumanida bo‘lib o‘tadi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |