2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Jizzax viloyatining eng chekka hududlarida yashovchi aholi muammolari o‘rganilmoqda

Mahalla tizimi xodimlari tomonidan yurtdoshlarimizning turmush faravonligini oshirish, ularni o‘ylantirayotgan muammolarni bartaraf etish borasida joylarda olib borilayotgan ishlar natijasida ko‘plab mahallalardagi necha yillik masalalarga to‘la yechim topilmoqda, xonadonlarga quvonch kirib bormoqda.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev boshchiligidagi Ishchi guruh a’zolari tomonidan Jizzax viloyatining qator tumanlarida aholi vakillari bilan o‘tkazayotgan uchrashuvlar natijasi o‘laroq, ularni qiynab kelayotgan muammolar tizimli ravishda hal etilmoqda.

Viloyatning eng katta va tog‘li hududlaridan biri — Baxmal tumanidagi “Novqa” va “Sangzor” fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi vakillarining bildirgan takliflari asosida mazkur hududlardagi mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga zarur ko‘rsatmalar berildi. Shu kunning o‘zida “Muzbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 21-maktabga olib boruvchi ichki yo‘lga shag‘al to‘shalib, ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Paxtakor tumanidagi olis “Mingchinor” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi 5-maktabda mahalla faollari va ko‘chaboshilar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda bildirilgan takliflar asosida hududdagi S.Rahimov ko‘chasining 0,3 km.lik, Qo‘ng‘irot ko‘chasining 0,5 km.lik va N.Qudratov ko‘chasining 0,5 km.lik, jami 1,3 km.lik yo‘lga shag‘al tosh qoplamasi yotqizish bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari va tuman yo‘l qurilish bo‘limi boshlig‘iga tegishli topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, turli aholi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlar davomida yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Aniqlangan mavjud muammolarni bartaraf etish hamda hududdagi ishlab chiqarish korxonalariga ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha tuman hokimiga tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Vazir o‘rinbosari B.Parpiyev ishtirokida Mirzacho‘l tumani chegara hududida joylashgan “Yangidala” qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuv natijasida mahalladagi 8-maktabga olib boruvchi ichki yo‘llarga shag‘al yotqizildi va tekislandi. Shuningdek, aholi murojaatlari asosida fuqarolarga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi. Fuqarolar tomonidan “Avtomobillarni yuvish shaxobchasi” qurish uchun bo‘sh yer maydoni so‘rab qilingan murojaatni tuman hokimining tegishli qarori asosida hal etish uchun mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mahalladagi 8-maktab o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda maktabni kapital ta’mirdan chiqarish va bu yerga toza ichimlik suvi olib kelish bo‘yicha takliflar bildirildi. Vazir o‘rinbosari mazkur masalalarni tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidlab o‘tdi. 

Forish tumanidagi “Yassikechuv” mahallasida joylashgan Qorabog‘onali qishlog‘i aholisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan qishloqni markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash, eski simyog‘ochlarni beton ustunlarga almashtirish, tuman markaziga olib boruvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Hududdagi 77-maktabga olib boruvchi 4500 metrlik, 78 va 80-maktablarga olib boruvchi 1000 metrlik tuproq yo‘llarga qum-shag‘al qoplamasi to‘shaldi.

Ishchi guruhning Zomin tumanidagi o‘rganishlari davomida hududdagi “Navoiy”, “Chorvador” va “Turkman” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi aholi muammolari o‘rganildi. Shu kunning o‘zida “Chorvador” mahallasi “Kultepa” qishlog‘idagi 12 kilometr ichki yo‘llarga shag‘al qoplamasi yotqizildi. Shuningdek, qishloqda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilish maqsadida 30 ta simyog‘och beton ustunlarga almashtirildi, aholining 500 bosh chorva mollari yuqumli kasalliklarga qarshi emlandi.

Vazir o‘rinbosari ishtirokida tumanning “Navoiy” qishloq fuqarolar yig‘ini “Peshog‘or” qishlog‘ida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Unda Ayollar daftari”ga kiritilgan 4 nafar xotin-qiz “Yoshlik baraka chevarlari” tikuv sexiga ishga joylashtirildi. Hududda yashovchi fuqarolar — Ulbozor Xo‘jaqulova, Ozoda Tog‘ayeva, Sayyora Usmonova, O‘sar Mamatkarimov va Mamlakat Haqberdiyevalarga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar ajratildi.

Do‘stlik tumanidagi o‘rganishlar asnosida “Qahramon” mahallasidagi “Temir daftar”ga kiritilgan 25 nafar fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. “Alisher Navoiy” mahallasidagi 20- maktab optik tolali internet tarmog‘iga ulandi. “Navro‘z” mahallasidagi 100 ta xonadonning gaz ballonlari yangisiga almashtirib berildi. Mahalladagi A.Qodiriy ko‘chasining 400 metrlik qismiga shag‘al va tosh to‘kilib tekislandi. 

Ishchi guruh a’zolarining Arnasoy tumaniga tashrifi davomida “Bobur” mahallasida ijara asosida yashovchi hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan Hayitgul Norqulovaning holidan xabar olinib, uning bir yillik ijara puli oldindan to‘lab berildi. Shuningdek, tumanning “Yangibo‘ston mahallasi Ahamad Yassaviy ko‘chasida yashovchi  Malika Abduraimovaning xonadoniga borildi hamda unga ham zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Vazir o‘rinbosari B.Parpiyev boshchiligidagi Ishchi guruh a’zolarining Jizzax viloyatining eng chekka hududlarida yashovchi aholi muammolarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.  

21.01.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar