2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qozog‘iston delegatsiyasi Eshonobod qishlog‘ida mehmon bo‘ldi

Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyati akimi U.Shukeyev boshchiligidagi delegatsiya Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Eshonobod qishlog‘ida millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda turli vazirlik va idoralar vakillari, Toshkent viloyati hokimi, Chinoz tumani mas’ullari va hudud faollari ishtirok etdi.

Qishloq markazida tashkil etilgan tantanalarda qishloqdagi ko‘p millatli aholining ahil-inoq, totuv-hamjihat muhitini ko‘rish mumkin. Mehmonlarga o‘zbek, qozoq, tojik, rus va tatar millatlarining urf-odatlari, milliy taomlari, namoyish etildi.

Yurtimizdagi shunday millatlararo do‘stlik muhiti bilan birga ahil qo‘shnichilik siyosati xalqimizni Yangi O‘zbekistonni barpo qilishdek buyuk g‘oya atrofida bir musht bo‘lib birlashishiga xizmat qilmoqda.

Eshonobod qishlog‘i tuman markazidan 20 kilometr olisda, qo‘shni davlat bilan chegara hududda joylashgan. Bu yerda o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik va boshqa millatlarga mansub 3,2 ming aholi istiqomat qiladi. “Obod qishloq” dasturi natijasida yangi qiyofaga kirgan mazkur hududda katta hajmdagi qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.  

Do‘stlik bayramiga aylangan tadbirda qishloqning Fayzobod ko‘chasida qad rostlagan zamonaviy mahalla markazi bilan tanishuv mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.  

Markazda fuqarolar bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha “Obod va xavfsiz mahalla” hamda “Mahalla raisi – islohotchi” tamoyillari asosida yangi tizim samarali joriy etilgan. Mehmonlar binodagi sharoitlar bilan tanishar ekan, mamlakatimizda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarning chekka bir qishloqdagi natijasiga yuqori baho berdi.

Yangi barpo etilgan 200 o‘rinli Madaniyat saroyi ko‘p millatli qishloq yoshlarining musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’at, kompyuter texnologiyalari bilan mashg‘ul bo‘lishi uchun imkoniyat yaratdi. Shuningdek, “Kitobxonlar bog‘i”ning barpo qilindi. Uning markazidagi Kitob monumenti esa yoshlarni kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tiborning belgisidir. Bu yerga kirgan inson mamlakatimiz va jahondagi eng nodir me’moriy obidalarning ixcham maketlarini ko‘rib zavqlanadi.  

19.01.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловларни ундиришIshonch telefoni5 Iyun 202117 Iyun 2021Andijon viloyati

Foydali resurslar