2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Chinoz tuman Davlat xizmatlari markazi yangi binosi ochildi

Toshkent viloyatida davlat xizmatlari markazlarining yangi binosi yana bittaga ko‘paydi.

Navbatdagi manzil Chinoz tumani bo‘ldi. O‘ziga xos landshaft arxitekturasi va dizayniga ega bo‘lgan markazning yangi binosi tuman markazining bugungi qiyofasiga juda mos.  

Chinoz tuman Davlat xizmatlari markazi yangi binosining ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulug‘bek Muhammadiyev, tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari, mehnat faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

Mazkur binoda yaratilgan sharoitlar bu yerga keluvchilarga yaxshi kayfiyat ulashish bilan bir qatorda, sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini ham yaratadi. Ayniqsa, shinam zal bo‘ylab o‘rnatilgan belgilar, sizni doimo tabassum bilan kutib oluvchi maslahatchilar, ona va bola, tibbiyot xonasi, bufet, mo‘’jazgina kutubxona, kutish joylari, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish joylari aholi uchun qo‘shimcha qulaylik yartgan.  

Ayni kunda tumanda 135 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda markaz tomonidan 29 mingga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida 438 ta, yuridik shaxs sifatida 269 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.  

— Yangi markaz binosining qurilishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi, — dedi Chinoz tuman Davlat xizmatlari markazi direktori Murodjon Ibrohimov. — Bu, axborot tizimlarini idoralararo integratsiya qilinishini yaxshilab, aholiga davlat xizmatlarini qulay va o‘z vaqtida olish imkonini beradi. Tashrif buyuruvchilarning navbatini tartibga solish va xizmat ko‘rsatishni baholab borish maqsadida Shvetsiyaning “QMATIC” kompaniyasidan xarid qilingan elektron navbat hamda baholash tizimi o‘rnatildi.  

Keng va yorug‘, shinam xonalarda aholiga bir vaqtning o‘zida 150 ga yaqin tezkor, qulay, shaffof davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. 20 ta qabul oynasi orqali kuniga 300-400 fuqaroga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan. Elektron navbat tizimi esa 6 ta monitorda aks etib turadi. Eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish xizmati ham yo‘lga qo‘yiladi. Bu qulayliklar markaz xodimlarini jismoniy va yuridik shaxslarga yanada tez va sifatli xizmat ko‘rsatishiga imkon yaratadi.  

— Davlat xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyoj kundan-kunga oshib borayotgani sababli xizmat ko‘rsatadigan avvalgi bino tor, keluvchilar uchun yetarli sharoit yaratilmagan edi, — deydi “Hamza” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Abdurahim Qodirov. — Ayniqsa, qishning ayozli, yozning jazirama kunlarida ko‘p qiyinchiliklarga duch kelinardi. Oldingidek qiyinchilik, sarsongarchiliklar yo‘q. Bir qancha ishimizni shu joyni o‘zida bajarib ketamiz. To‘lovlarni qabul qilish uchun kassa tashkil etilgan. Markazda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ham zarur sharoitlar yaratilgan. Bunday qulayliklar ishimizni yanada yengillashtiradi.  

Shuningdek, markaz binosida Bosh vazir qabulxonasi, notarius va adliya bo‘limlari ham joylashgan.

18.01.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони1 Avgust 202414 Avgust 2024Andijon viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar