Aholini o‘ylantirib kelayotgan har bir masalaga e’tiborli bo‘lish, muammolarni vaqtida bartaraf etish barcha rahbarlarning muhim vazifasidir.
Xususan, ularning turmush sharoiti va hayot sifatini yaxshilash hayotdan rozi bo‘lib yashashida katta o‘rin tutadi.
Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahri Qirguli mavzesidagi ko‘p qavatli yotoqxonaga borib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Bu yerda kamta’minlangan, ehtiyojmand oilalar istiqomat qilib kelmoqda. Viloyat rahbari yotoqxonada yashovchilar bilan suhbatlashdi, sharoitlar, kommunal xizmatlar ko‘rsatishning ahvoli, hudud tinchligi va osoyishtaligi borasida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan qiziqdi. Yotoqxonaning sanitar-gigenik holati ko‘zdan kechirildi. Afsuski, bu yerda aholi yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilmagan, ichimlik suvi chiqmaydi, devorlar sho‘rlab tushib ketgan. Binoning yong‘in xavfsizligi ta’minlanmagan bo‘lib, elektr simlari ochiq holda turibdi. Shuningdek, isitish tizimi, obodonlashtirish ishlarida ham muammolar borligiga guvoh bo‘lindi.
Viloyat rahbari tomonidan shahar hokimi va boshqa mas’ullarga zudlik bilan uyni ta’mirlab zamonaviy ko‘rinishga keltirish, aholi muammolarini o‘rganib hal etish topshirildi. Shuningdek, bu yerda istiqomat qilayotgan yakka-yolg‘izlar, yashash sharoiti og‘ir va ehtiyojmand oilalar a’zolariga tibbiy xizmat ko‘rsatish, moddiy yordam berish, ishsizlarni ishga joylash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |