Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib aholi bilan ishlashning mahallabay tizimi joriy etilib, unga ko‘ra hokimlik, viloyat iqtisodiy kompleks, mutasaddi tashkilotlar rahbar va mas’ul xodimlari har bir mahalla kesimida “Ishchi guruhlari”ga biriktiriladi.
Kuni kecha shu tumandagi Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan “Ishchi guruhi” a’zolari – Sirdaryo tumani hokimi B.Mirzaqulov, viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i Sh.Xayrullayev hamda “Markaziy bank” viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i V.To‘rayevlar shu mahalla faollari bilan uchrashib, hududdagi ijtimioy-iqtisodiy muhitni va aholini qiynab kelayotgan mummolarni o‘rganib chiqdi.
Uchrashuv davomida mahalla fuqarolaridan 30 nafar kishi tadbirkorlikni boshlash istagida bank kreditlari olish orqali o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi. Bu esa mahalladagi 250 nafarga yaqin fuqarolarning bandligi ta’minlanishini kafolatlaydi.
Bundan tashqari, mahalladagi 60 nafar yosh yigit-qizlarning kasb-hunar va zamonaviy bilimlarni egallashlari uchun yangi yil arafasida faoliyatini boshlagan “Sirdaryo biznes-akselerator” markaziga yo‘naltirildi.
Shuningdek, mahallaning ichki ko‘chalariga qum-shag‘ yotqazilib, ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Istiqbol MFY uchun yangi bino qurilishi ham ob-havo biroz yumshashi bilan jadal tarzda boshlanishi ta’kidlandi.
So‘ngra, “Ishchi guruhi” a’zolari xonadonma-xonadon yurib, har bir oila a’zosining fikrlarini, muammolarini, qish mavsumini qayday o‘tkazayotganlarini o‘rgandi. Ushbu o‘rganish jarayonidan keyin fuqarolar bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbir ishlab chiqiladi.
– Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, viloyatimiz hokimining tashabbusi bilan tumanimizda aholi bilan ishlashning mahallabay tizmini tashkil etdik, – deydi Sirdaryo tumani hokimi B.Mirzaqulov. – Ushbu tizimning afzalliklari shundaki, biriktirilgan “Ishchi guruhlari” a’zolari har bir mahallaga borib, u yerda tadbirkorlik muhiti va aholi bandligini oshirish maqsadida tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga subsidiyalar, mikrokreditlar ajratilishini, besh tashabbus doirasidagi amalga oshirilayotgan ishlar yanada jonlantirilishini, kambag‘allikni tugatish bo‘yicha zarur chora-taldbirlar belgilanib izchillik bilan amalga oshirilishini, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash bo‘yicha belgilab olinadigan asosiy vazifalar ijrosini ta’minlaydilar.
Fuqarolarni, ayniqsa ayollar va yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, hunarmandchilikka jalb qilish, ishga joylashtirish ishlari ham ushbu aholi bilan ishlashning mahallabay tizimida to‘liq qamrab olinadi.
Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, xalq rahbarlar uchun emas, rahbarlar xalqimiz uchun ishlaydigan tizim tom ma’noda endi yaratilibdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |