Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Toshkent viloyati hokimi ko‘ngli yarim insonlar holidan xabar oldi

Bayram kunlarida bemorlar, nochor va ko‘ngli yarim insonlar holidan xabar olish xayrli ishlardan biri sanaladi.

Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov har yili Yangi yil bayrami kuni aynan shunday bemorlar, ehtiyojmand va ko‘ngli yarim insonlar holidan xabar olishni an’anaga aylantirgan.

Viloyat rahbari dastlab O‘rta Chirchiq tumaning "Oqota" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi G. Arziqulovalar xonadoniga tashrif buyurdi.  

Gulchehra opaning o‘g‘li og‘ir darddan aziyat chekib, anchadan beri muolaja oladi. Viloyat hokimi ayol bilan muloqotda bu xonadonga kelgusida ham zarur yordam ko‘rsatish, ushbu oilaning munosib hayot tarzini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.  

O‘rta Chirchiq tumani "Sholikor" MFYda baxtsiz falokat tufayli turmush o‘rtog‘idan ayrilib, ikki nafar o‘g‘lini voyaga yetkazayotgan Dildora Ismoilova yashaydi. Ular bilan suhbatda viloyat hokimi yigitlarning  kelgusi hayoti, o‘qish va ishlari bilan qiziqdi. Ayolning katta o‘g‘ilini kasbga o‘rgatish va uni ishga joylashtirish bo‘yicha taklif bildirdi.  

Keyingi manzil  -  Yuqori Chirchiq tumani "Qorasuv" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro  Anipa Po‘latova xonadoni bo‘ldi. Taqdir taqazosi bilan onaxonning uch nafar farzandidan ikkisi hamda eri nogiron. Rustam Xolmatov ushbu oilga bayram sovg‘alarini ulashdi. Zarur oziq-ovqat mahsulotlari berildi.  

Viloyat rahbari hududdagi shu kabi yana bir necha yurtdoshlarimiz xonadonida bo‘lib, ularni ham  bayram bilan qutladi. Yangi yil bayrami munosabati bilan o‘z sovg‘alarini topshirdi.  

03.01.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar