Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov Qorako‘l tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi. Unda qorako‘lliklardan tashqari, Olot, G‘ijduvon, Jondor tumanlari va Buxoro shahridan ham fuqarolarning muammolari tinglandi.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan 362 ta murojaatni viloyatdagi 4 ta sektor, shuningdek, korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, tuman hokimligi mutasaddilari eshitdi. Viloyat rahbari 67 nafar fuqaroning murojaatini tingladi.
Murojaatlar asosan yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, tijorat banklaridan kredit olishda ko‘maklashish va ishga joylashish kabi muammolardan iborat bo‘ldi.
-- Sayyor uchrashuvda mahallamiz yo‘llari masalasida murojaat qildim, - deydi tumanning “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Qorako‘l” ko‘chasida yashovchi Gulnora Mallayeva. - Murojaat shu kunning o‘zida yechim topdi. Ko‘chamizda boshlang‘ich ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.
Joyida hal etish imkoni bo‘lgan murojaatlar yuzasidan talablar qanoatlantirildi. Atroflicha o‘rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Viloyat rahbari fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qolmasligi, ularning barcha savollariga rahbarlar javob berishlari kerakligini ta’kidladi.
Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Aholi mobil poliklinika xizmatidan foydalandi. Shu kuni ko‘rikka jalb etilgan malakali mutaxassislar tomonidan aniqlangan kasalliklar bo‘yicha bemorlarga maslahatlar berildi. Ularni sog‘lomlashtirish choralari ko‘rildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |