2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonasi fuqaro va davlat o‘rtasidagi ishonchli tizim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonalariga joriy yilning o‘tgan davrida fuqarolar tomonidan kelib tushgan jami 14 ming 848 ta yozma va og‘zaki murojaatning 10 ming 784 tasi ijobiy hal etildi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar va o‘zgarishlar zamirida yurt tinchligi, xalqimiz manfaati va farovonligini ta’minlash maqsadi yotadi. Shu maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun yurtimizda yetarlicha qonuniy asoslar yaratilib, ko‘plab huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida ham “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy norma asosida mamlakatimizda xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qiladigan samarali va barqaror tizim shakllanmoqda", deya alohida ta’kidlab o‘tdi.

Bu tamoyilning amaldagi ijrosini O‘zhbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalari faoliyatida ham ko‘rish mumkin.

Viloyat Xalq qabulxonasi hududdagi barcha davlat tashkilotlari, fuqarolar muammolari bilan ishlaydigan rahbarlar, boshqaruv organlari bilan samarali hamkorlik qilib kelayotir. Ayniqsa hududiy sektorlar, viloyat xokimligining barcha boshqarmalari, davlat idoralari, kommunal va xizmat ko‘rsatish sohalari korxonalari, jamoat uyushmalari va tashkilotlari, jamg‘armalar doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Bu hamkorlik viloyat Xalq qabulxonasiga umid bilan murojaat qilib kelgan har bir fuqaroning muammosiga yechim topishni tez va samarali hal etish imkonini bermoqda. Har bir murojaat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan qabul qilingan qonunlarda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, fuqaroga o‘z vaqtida javob berilishi ta’minlanayotir.

Fuqaro va davlatning manfaatlari, huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqligi bosh qomusimizda ham belgilab qo‘yilgan. Xalq qabulxonalari aynan mana manfaatlar mushtarakligida fuqaroning manfaatlari to‘g‘ri va munosib tarzda ta’minlanishida asosiy ko‘prik vazifasini bajarmoqda. Shu bois bugun xalq qabulxonasi fuqarolarning davlat va uning organlari tomonidan e’tiborga olinmayotgan muammolarini hal etishda, aynan muammoga aloqador organga yetib borishida asosiy yo‘l, deyish mumkin.

Odamlarning ehtiyoj va mumammolarini hal etish jarayonida Halq qabulxonalarining ish uslublari takomillashib borayotir. Endilikda Xalq qabulxonasi faoliyatida faqat idorada o‘tirib faqarolarni qabul qilish emas, joylarga chiqib sayyor qabullarni tashkil etish, sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarni o‘rganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish, hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda ishtirok etish, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilishda ishtirok etish amaliyoti keng o‘rin olayotir. Bu jarayonda nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘maklashishga, ularnig muammolarini hal etishga e’tibor asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Ana shu hamkorlik samarasi o‘laroq, joriy dekabr oyiga qadar viloyat, tuman, shahar Xalq qabulxonalariga fuqarolardan uy-joy masalasida 575 ta, moddiy yordam, turli ijtimoiy masalalarda 747 ta, kommunal soha, ta’lim, tibbiy yordam va boshqa masalalarda 13 ming 256 ta murojaatlar bo‘ldi. Bu murojaatlarning 10 ming 784 tasi ijobiy xal etilib, qolganlarining bajarilishi nazorat qilib borilmoqda.

Joriy yil davomida 1 ming 53 marta aholi va yoshlar bilan “Sektor rahbarlari va yoshlar”, “Hokim va yoshlar” “Muammo va yechim” kabi mavzularda uchrashuvlar va sayyor qabullar o‘tkazildi. Bu tadbirlarda aholini qiynab kelayotgan muammolariga o‘z vaqtida yechim topilmoqda. Ayniqsa, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash borasidagi murojaatlarning viloyat hokimligi, sektor rahbarlari hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlikda ijobiy hal etilib, 700 nafari uy-joy bilan ta’minlandi. 50 nafariga uy-joy uchun boshlang‘ich to‘lovlar to‘lab berildi.

Yilning o‘tgan davrida odamlarni kambag‘allikdan chiqarish, yoshlar bandligini ta’minlash, o‘zini-o‘zi band qilishlari uchun tijorat banklari tomonidan “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida 2020 yilning 4 dekabr holatiga jami 3124 nafar fuqoroga 95 mlrd 318 mln so‘m kreditlar ajratilishi orqali bandligi ta’minlandi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni shakllantirish, unga aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini kiritish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda ham o‘zaro hamkor tashkilotlar bilan uyma-uy yurib, xatlov ishlari amalga oshirildi.

Ammo erishilgan natijalar bilan maqtanish emas, kelgusidagi faoliyatimiz rejalarini ham tuzish uchun muhimdir. Yurtboshimizning Konstitutsiyamizning 28 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida kelgusida “Yangi O‘zbekiston” tushunchasi va shu nom ostida dunyoga yanada tanilayotgan davlatimiz va uning yanada rivojlanishi uchun oldinda bajarilishi lozim bo‘lgan eng muhim ishlarni besh yo‘nalishda keltirib o‘tdi.

Bu yo‘nalishda, albatta, Xalq qabulxonalarining zimmasida katta mas’uliyat turibdi. Endilikda biz ham bu vazifalarining bajarilishini ta’minlashda fuqaro va davlat o‘rtasida adolatli, tezkor va ishonchli tizimga aylanmog‘imiz zarur.  

12.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar