
Yurtimizda ayni vaqtda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonini yoshlar ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Zotan, davlatimiz rahbari alohida ta’kidlaganidek, bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan hamda professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan yoshlargina sifatli, jadal va innovatsion taraqqiyotning eng muhim sharti va garovi bo‘la olishi, aynan ular mamlakatning buyuk kelajagini ta’minlashi mumkin.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov hamda sektorlar rahbarlarining Termiz shahrida bir guruh faol yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida shu haqda so‘z yuritildi.
Uchrashuvda yoshlarning fikr, taklif va mulohazalarini eshitish, muammolarini hal qilishga keng imkoniyat yaratildi.
Yoshlar Termiz shahrida talaba-yoshlar xalqaro forumini o‘tkazish, maxsus onlayn kutubxona yaratish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, chorvachilik, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, intensiv bog‘ yaratish uchun yer maydonlari ajratilishi, imtiyozli kreditlar olish kabi masalalarda murojaat qildi.
Tadbirda joyida hal qilish imkoni bo‘lgan murojaatlar qanoatlantirildi. Vaqt talab etadigan masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |