2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yoshlarning murojaati o‘rganilib hal etildi

Jizzax viloyatining Forish tumani “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar 800 nafarni tashkil etadi. Demak, hududda shuncha yosh alohida hisobga olinib, qo‘llab-quvvatlashga, ko‘mak berishga e’tibor qaratilmoqda.

Tuman madaniyat saroyida “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar bilan galdagi uchrashuv tashkil etildi. Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Furqat Jo‘rayev, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Xudoyshukurov tuman hokimi Abduvali Mustanov ishtirokida ochiq muloqat tarzida tashkil etilgan uchrashuvda yoshlarning muammolarini, istak-orzularini o‘rganib, hal etishga ko‘maklashishdi.  

Uchrashuvda ishtirok etayotgan yoshlarning har biri o‘zining muammolarini, taklif va istaklarini erkin bayon etdi. Suhbatlar, savol-javoblar davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash, bankdan kredit olish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun ijaraga bino, yer maydonlari ajratish kabi masalalar bo‘yicha  murojaat qildi.

Bo‘lib o‘tgan muloqotlar davomida  muammolarning sabablariga ham aniqlik  kiritildi.  Yoshlarning aksariyati o‘zlarining  muammolari bilan  qayerga murojat qilishni, o‘zining haq-huquqini bilmagan yoki murojaatlari tegishli tashkilotlar tomonidan hal etilmagan. Uchrashuvda murojaat qiluvchilarga ham, tashkilot, muassasa rahbarlariga ham davlatimizning yoshlar siyosatini amalga oshirishdagi vazifalari qayta tushuntirilib, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.

– Men tuman markazida go‘zallik saloni ochib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanardim, – deydi «Qo‘lba» mahallasida yashovchi Shaxina Suvonova. – Bu yilgi pandemiya sabab ishim to‘xtab qoldi. Ayni kunda ishsizman. Uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatimni yo‘lga qo‘yishim uchun ijaraga bino va bankdan kredit  ajratiladigan bo‘ldi.

– Oilamizda parrandachilikni yo‘lga qo‘yish uchun bankdan kredit olmoqchiman, – deydi E.Kamolov nomli mahallada yashovchi Rasul Zokirov. – Uchrashuvda shu masalada murojaat qildim. Murojaatim nazoratga olinib, menga kredit mablag‘i ajratish yuzasidan bank bo‘limiga topshiriq berildi.

Yoshlar bilan muloqotda ular tomonidan tadbirkorlik, ishga joylashish, kredit, dehqonchilik qilish uchun yer ajratish kabi masalalar bo‘yicha qilingan  34 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.

Uchrashuvda ishtirok etgan yoshlarga badiiy, ilmiy ommabop, tadbirkorlikka oid kitoblar sovg‘a qilindi.

05.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar