2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Olotliklarning muammolari sayyor qabullarda ijobiy yechimini topyaptimi?

Inson umid bilan yashaydi. Ertasi bugunidan koʻra yaxshiroq boʻlishini istaydi. Muammosiga chora izlaydi. Yechimi topilsa qushday yengil tortadi. Zero, ezgu niyatlarning ushalishi hayotdan huzur-halovat topmoqning asosidir. Shu nuqtayi nazardan eng chekka hududlar, jumladan Olot tumanida ham hokimlik va tegishli tashkilotlar tomonidan sayyor qabullarning oʻtkazilayotgani ayni muddao.

Tadbirkorning koʻngli joyiga tushdi

Anvar Qoʻldoshev “Yoshbotir” mahallasida yashaydi. Tadbirkor. ”Oʻzbekiston” xususiy korxonasining rahbari. Faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy gʻisht ishlab chiqarish uskunasi xarid qilish maqsadida 2019-yilning 5-iyunida Xitoydagi korxonalarning biri bilan shartnoma imzolagan edi. Hatto xorijiy korxona hisob raqamiga 30500 AQSH dollari miqdorida mablagʻ ham oʻtkazgandi.

Ammo pandemiya sabab yoʻllar yopilib qoldi. Yukni olib kelish muammoga aylandi.

— Tadbirkorning shu masalada koʻmaklashishni soʻrab qilgan murojaati atroflicha oʻrganildi, — deydi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Olot tuman Xalq qabulxonasi mudiri Saʼdulla Oʻrinov. — Respublika Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligi tomonidan Xitoy kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazildi. Natijada bu tadbirkorimizning muammosiga yechim topildi. 875 AQSH dollari miqdorida toʻlov amalga oshirish evaziga shartnoma ilovasida koʻrsatilgan qurilmalar yetkazib beriladigan boʻldi.

Fuqaroga subsidiya ajratildi

“Chovdur” mahallasida istiqomat qiluvchi Mirali Rahimov roʻzgʻorim but boʻlsin, degan maqsadni diliga tukkan yurtdoshlarimizdan. Niyating — yoʻldoshing, deyishganicha bor.

— Jondor tumanida ommaviy sayyor qabul oʻtkazilayotganini eshitib, tadbirga oshiqdim, — deydi u. — Uzoq yoʻl bosib borganim zoye ketmadi.Mendan yordamlarini ayashmadi. Endi roʻzgʻorimdan koʻnglim toʻq.

Mirali Rahimovning murojaatiga asosan, Olot tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi unga subsidiya asosida issiqxona qurib berdi.6 million 669 ming soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan bu issiqxona oila uchun qut-baraka manbaiga aylanmoqda.

Maʼlumotlarga qaraganda, Xalq qabulxonasi bilan kelishilgan holda oʻtkazilgan tuman sektor rahbarlarining sayyor qabullari jarayonida 369 ta murojaat ijro uchun qabul qilingan. Shuning 78 foizi qanoatlantirilgan.

Dilkorda qancha bola bogʻchaga qamrab olingan?

Dilkor — tumanning gavjum goʻshalaridan. Mahalla hududida 300 nafardan ziyod maktabgacha taʼlim yoshidagi bola bor. Shularning atigi 52 nafari bogʻchaga qamrab olingan. Ular ham qoʻshni mahalla yoki tuman markazidagi maktabgacha taʼlim muassasasiga borishga majburlar. Chunki hududda maktabgacha taʼlim tashkiloti yoʻq.

2019-yilning may oyida viloyat hokimining Olotda oʻtkazilgan sayyor qabulida mahallada yashovchi Sharofat Mamatova shu muammoga eʼtiborni qaratgandi. Uning murojaati oʻrganib chiqildi va viloyat mahalliy byudjetidan 2 milliard 800 million soʻm ajratilib, Dilkorda maktabgacha taʼlim muassasasi qurilishiga kirishildi.

Bir qarashda masala yechimini topgandek. Ammo ishga tushishi kutilayotgan muassasa 75 oʻringa moʻljallangan. Xoʻsh, dilkorlik kichkintoylarning qolganlari-chi? Ular qayerda taʼlim – tarbiya olishadi, degan savol tugʻiladi.

Nazarimizda, muammoning yechimi mahallaning oʻzida. Qaniydi, dilkorlik tadbirkoru tashabbuskor insonlar gʻayrat kamarini boylab maydonga chiqishsa, oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishsa. Bu yangi ish oʻrinlari, qoʻshimcha daromad manbalarining yuzaga kelishiga olib kelardi. Eng muhimi, kichkintoylar maʼlum bir bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan holda maktabga yoʻl olishardi. Shunday emasmi?!

Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”

03.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar