2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini hal eta olyaptimi?

Prezident Xalq qabulxonalari Toshkent shahridagi ommaviy qabullar haftaligi doirasida tashkil qilgan poytaxt sektorlari rahbarlarining sayyor qabulida ham aholini o‘ylantirayotgan qator masalalar o‘rganilib, ularga yechim izlandi.

y yordam so‘radi. Bu murojaat o‘n kun ichida o‘rganilib, ijobiy hal qilib beriladigan bo‘ldi.

Xususiy korxona rahbari Bahrom Nosirovning mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan biridan kredit qarzdorligini undirish masalasidagi murojaatini hal qilib berish bo‘yicha ham 10 kun muddat belgilab olindi.

Mirobodlik Abdumannop Abdumursalovning tergov harakatlaridan norozilik bildirgan murojaati ham nazoratga olindi.

Olmazor tumani O‘rol Tansiqboyev ko‘chasidagi ko‘p qavatli 23-uyda yashovchi aholi vakillari Toshkent shahri 3-sektori rahbariga o‘zlari yashayotgan uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkat faoliyatidan shikoyat qildi. Aytilishicha, shirkatga ko‘p qavatli uylarning tomni ta’mirlash uchun kredit ajratilgan bo‘lsa-da, ishlar chala qolib ketgan. Kamiga bajarilgan ishlar uchun nasiyaga olingan qurilish materiallari va ustalarning xizmat haqlarini berishda ham muammolar bor. 3-sektor rahbari bu masalani to‘liq o‘rganib, muammoni qonuniy-adolatli hal qilib berishni o‘z zimmasiga oldi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bitiruvchisi Akbar Xudoyberdiyev esa o‘z murojaatida ichki ishlar tizimida ishlash niyatida ekanini bildirib, shu masalada amaliy yordam so‘radi. Unga poytaxt mahallalaridan biridagi bo‘sh turgan profilaktika inspektori vazifasi taklif etildi.

Ommaviy qabul doirasida Prezident virtual qabulxonasiga fuqarolik masalasida murojaat qilgan qator yurtdoshlarimizning chorak asrlik orzulari ham ushaldi. Ularga davlatimiz rahbari farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportlari topshirildi.

Yunusobodlik Gulnora Hoshimova pasportining amal qilish muddati o‘tgan, hech qayerda ro‘yxatda turmaydi. 61 yoshli bu ayol hujjatlaridagi muammo tufayi hali hanuz nafaqaga ham chiqmagan. Toshkent shahri 4-sektori rahbari Gulnora opaning murojaatini tinglar ekan, bu muammoga kompleks yechim topib berdi. Dastlab ular Yunusobodning Posira mahallasidagi ko‘p qavatli 5- “a” uydan doimiy foydalanish huquqi asosida turar-joy bilan ta’minlanadigan bo‘ldi. Shu asosda ayol mazkur joyda doimiy ro‘yxatga qo‘yiladi, so‘ng uning nafaqaga chiqish bilan bog‘liq masalalari hal qilib beriladi.

Yakkasaroylik 65 yoshli Vali ota Alimov ham 4-sektor rahbaridan ko‘zini davolatishda amaliy yordam so‘radi. Otaxonning ko‘z xastaligi kuchayib, ko‘rish qobiliyati susaymoqda, biroq jarrohlik amaliyoti o‘tkazishga imkoniyati yo‘q. Bu masala Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi bilan birga shu yerda o‘rganib chiqilgach, otaxonga ko‘z jarrohligi amaliyotini o‘tkazish va bepul davolanish uchun order berildi.

Farida Norqobilovaning turmush o‘rtog‘i iqtisodchi mutaxassisligiga ega bo‘lsa-da, shu paytga qadar ishsiz edi. Hayot, oila, ro‘zg‘or tashvishlari esa og‘ir yuk bo‘lib turibdi. Ayolning murojaatidan so‘ng uning turmush o‘rtog‘i soliq tizimiga ishga qabul qilinadigan bo‘ldi.

Ertalab boshlanib, tunga qadar davom etgan ommaviy qabulda eng ohirgi murojaatchigacha diqqat bilan tinglanib, dardu-tashvishi eshitildi, ularni hal etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Bunday ariza va shikoyatlar ijrosi Xalq qabulxonalari nazoratiga olindi.

Fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish bugunning dolzarb vazifalaridan biri. Olot tumani. Buxoro viloyatining eng chekka hududlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur tumanda o‘tkazilgan ommaviy qabulda nafaqat ushbu tuman, qolaversa, viloyatning boshqa hududlari aholisining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitildi. Qabul chog‘ida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida e’tibor qaratildi.

Raqamlarga murojaat qilamiz. Shu kuni 126 nafar fuqaroning 300ga yaqin murojaati sektorlar rahbarlari, viloyat korxona va tashkilotlari mutasaddilari ishtirokida birma-bir muhokama qilindi. Fuqarolarning 47 nafarini shaxsan viloyat hokimining o‘zi qabul qilib suhbatlashdi. Ularning 70ga yaqin “muammo”sini tingladi.

Murojaatlarning aksariyati uy-joy qurish uchun yer ajratish, moddiy yordam, pensiya, bolalar nafaqasi, ishga joylashish, bank-moliya, soliqqa tortish, tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlar, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jalik, yo‘llarni ta’mirlash, ta’lim sohasidagi muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan bo‘ldi.

Qorovulbozor tumanidagi “Neftchi” o‘rmon xo‘jaligiga tegishli yer maydonlarini ijaraga olib, chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelaman. Oila a’zolarimdan tashqari qo‘l ostimda 3 nafar ishchim ham bor. Bajargan barcha ishlarimni qonuniy asosda amalga oshirganman. Ya’ni belgilangan ijara shartnomasiga muvofiq to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab kelyapman. Biroq hozirda o‘rmon xo‘jaligi rahbariyati qayta ijara shartnomasi tuzishga to‘sqinlik qilmoqda.

Shu masalada yordam bersangiz, deb kelgandim, – dedi o‘zini Mansur Ahmedov deb tanishtirgan fuqaro birinchi sektor rahbariga yuzlanib. Ushbu masala muhokama qilib, uning yechimi izladi. Natijada o‘rmon xo‘jaligi va tadbirkor o‘rtasida qayta ijara shartnomasi tuziladigan bo‘ldi.

“Bunyodkor” mahallasida yashovchi Muqaddas Rahimovaning ham anchadan beri o‘ylantirib kelayotgan ish muammosi sayyor qabulda yechim topdi.

Shu yerda Muqaddas Rahimovaga viloyat bandlik bosh boshqarmasi tomonidan “Toza hudud” DUKda nazoratchilik ishi taklif qilindi. Muqaddas Rahimova uyiga xursand holda qaytdi.

Muddat talab etiladigan masalalarni tegishli tartibda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Hududlarda Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan tashkil etilayotgan ommaviy qabullar davom etmoqda.

30.11.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar