
“Obod qishloq” dasturi asosida qayta qurilayotgan Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi "G‘alaba" mahallasida Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Dastur asosida mahallada amalga oshirilayotgan qayta qurish, bunyodkorlik, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlarining sur’ati Mustaqillik bayrami arafasida yanada jadallashdi. Bu xayrli ishda mahalla ahli bilan birga, turli vazirlik va idoralar vakillari ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, turar-joylar, infratuzilma inshootlari barpo etilishida Favqulodda vaziyatlar vazirligi shaxsiy tarkibi quruvchilari katta hissa qo‘shayotir.
Mahallada hasharda qatnashayotgan ushbu vazirlik vakillari ishtirokida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Vazirlikning hasharda namunali ishtirok etayotgan bir guruh xodimlariga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir doirasida taniqli san’atkorlar ijrosida katta kontsert dasturi namoyish etildi.
Toshqul Beknazarov, O‘zA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |