Prezidentimiz 17 mart kuni ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti, mahallalar obodligi va qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Unda mahallalarda olib borilayotgan dehqonchilik va obodonlashtirish ishlariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Pokiza Ahmedjanovaning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi uyushtirildi.
Poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Shu kunlarda Toshkent viloyati hududlarida Respublika ishchi guruhi, turli vazirliklar va davlat tashkilotlari, hokimlik mas’ullari ishtirokida tashkil etilayotgan ommaviy sayyor qabullarda aholining ko‘plab muammolariga yechim topilmoqda.
NukusdaO‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlarining keng jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tomorqadan unumli foydalanish istiqbollari yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida tadbirkorlar, biznes sohasi ekspertlari va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan korxonalar vakillarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, respublika ishchi guruhlari tomonidan joriy yil 20 yanvardan boshlab mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, migratsiyadagilar bilan manzilli ishlash kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish belgilangan.
Toshkent viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyat sektor rahbarlari, vazirlik va tashkilot rahbarlarining ommaviy sayyor qabullari boshlandi va dastlabkisi Yangiyo‘l tumanida tashkil etildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |