Shavkat Mirziyoyev
Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Ko‘p millatlar totuv yashayotgan yurt

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Pomuq shaharchasida “Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt” shiori ostida millatlararo totuvlik va hamdo‘stlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan umumxalq sayllari hamda konsert dasturi tashkil etildi.

Ko‘p millatli Mirishkor tumani qo‘shni Turkmaniston bilan chegaradosh hudud hisoblanib, 132 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Hududda tojik, turkman, arab, tatar, rus, qirg‘iz, qozoq kabi o‘nlab millat vakillari bugungi qadar tinch va totuv umrguzaronlik qilib kelmoqda.  

Tadbir davomida Pomuq shaharchasida yashovchi o‘zga millat vakillari va milliy markazlarining folklor jamoalari ishtirok etib, milliy raqs va qo‘shiqlarini ijro etishdi. Ular tomonidan tashkil etilgan milliy taomlar ko‘rgazmasi namoyishi esa tadbirda ishtirok etuvchilarda katta taassurot qoldirdi.

– Qadimdan turkman oilasida mol so‘yilganda “sho‘lat” taomi tayyorlangan, – deydi Pomuq shaharchasi xotin-qizlar faoli Nasiba Qodirova. – Molning o‘pkasi, jigari, buyragi, yuragi va go‘shtidan qo‘shib qiymalanib, ziravorlar solinadi, o‘zidan chiqqan charvisiga o‘raladi va tikiladi. Uni sho‘rvaga solib pishiriladi. Bitta katta molning charvisidan 25 tagacha sho‘lat chiqishi mumkin. Taom qo‘ni-qo‘shnilarga ham ulashilgan. Uning tarixi juda uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bugungi kungacha turkman oilalarida tayyorlanib kelinadi. Juda quvvatli va mazali taom hisoblanadi.    

Bayram dasturida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining  o‘rinbosari - Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev va Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov barchani ulug‘ ayyom Hayit bayrami bilan samimiy qutladi.

Shuningdek tadbir doirasida o‘tkazilgan qorabayir zotli otlar, qorako‘l qo‘chqorlari, o‘rmon bo‘limining dekorativ hayvonlari chiqishlari barchada katta taassurot qoldirgan bo‘lsa, tashkil etilgan sport musobaqalari bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.  

01.04.2025

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Апрель 202419 Апрель 2024Андижанская область
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони1 Август 202414 Август 2024Андижанская область
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Июнь 20243 Июль 2024Андижанская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Март 202427 Март 2024Джизакская область

полезные ресурсы