Sirdaryo viloyatining olis hududidagi Shirin shahri Farhod mahallasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, sayyor qabullar, turli ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari uyushtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, ijrosini ta’minlash hamda tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish hamda fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi hamda sayyor qabullarda shahar hokimligi, tashkilot rahbarlari, bank xodimlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
71 nafar ishlash istagidagi xotin-qizlardan 34 nafariga imtiyozli kreditlar ajratilishi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, 21 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi. Kasb-hunarga o‘qish istagini bildirgan 16 nafar xotin-qizga yo‘llanmalar berilib, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va ish o‘rinlari tashkil etish istagidagi 4 nafar ayolga subsidiyalar uchun arizalar qabul qilindi.
Shu bilan birga ishtirokchilar ma’naviy hordiq olishi uchun “Besh tashabbus” doirasida tennis va shashka bo‘yicha sport musobaqalari, keksa avlod vakillari hamda yoshlar bilan “Uch avlod uchrashuvi”, “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida ko‘rgazmali rasmlar tanlovi hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etildi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Сентябрь 2024 | 27 Сентябрь 2024 | Ферганская область |
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизиш | Ишонч телефони | 31 Август 2024 | 10 Сентябрь 2024 | Хорезмская область |
Янги МТТ қуриш | Ишонч телефони | 23 Август 2024 | 28 Август 2024 | г. Ташкент |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Август 2024 | 30 Август 2024 | Республика Каракалпакстан |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Август 2024 | 24 Август 2024 | Сурхандарьинская область |