Samarqand viloyatidagi barcha markaziy savdo majmualari va dehqon bozorlarida davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 10 -17 oktyabr kunlari fuqarolar va tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “O‘zimiz keldik” loyihasi doirasida sayyor qabullar tashkil etildi.
Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, tadbir jarayonida aholi o‘rtasida qonunchilikdagi islohotlar, xususan, Prezident saylovi, unda ishtirok etish tartibi yuzasidan tushuntirish ishlari ham olib borildi.
Loyihaning dastlabki bosqichida, ya’ni 10 oktyabr kuni tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari hamda FHDYO organlari tomonidan 300 ta davlat xizmatlari, 1000 dan ortiq huquqiy maslahatlar berilgan bo‘lsa, 17 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sayyor tadbirlar mobaynida 203 ta davlat xizmatlari hamda 2245 ta huquqiy yordam ko‘rsatildi. Loyiha jarayonida 503 nafar fuqaro va tadbirkor o‘z hududida, o‘z ish joyida davlat xizmatidan foydalandi. 3000 nafardan ziyod aholi bepul huquqiy ko‘mak oldi.
Jumladan, Samarqand shahridagi “Muso Xonkeldi” savdo majmuasida tashkil etilgan sayyor qabulda Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi hamda Samarqand shahar Nikoh uyi xodimlari tomonidan fuqaro va tadbirkorlar qabul qilinib, ularni qiziqtirgan har bir masalani ijobiy hal qilish choralari ko‘rildi.
– Biz tadbirkorlarda bo‘sh vaqt bo‘lmaydi, har kuni savdo-sotiq bilan band bo‘lamiz, – deydi Sobir Aliyev. – Shu sababli ancha vaqtdan buyon faoliyatimga oid hujjatlarni yangilash va uyimning kadastr hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun markazga borishga qunt qilolmayotgan edim. Soha xodimlarining bozorga o‘zlari kelgani ayni muddao bo‘ldi. Eng asosiysi, hech qanday qog‘ozbozlik, ortiqcha ovoragarchiliksiz ishim bitdi. Bir necha daqiqada uchta masalamni hal qilib berishdi.
Sayyor qabulda Davlat xizmatlari agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i M.Qurbanov ham ishtirok etib, aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini tingladi. Ularni qiynayotgan masalalarni shu joyning o‘zida o‘rganib, ijobiy hal qilishga bosh qo‘shdi. Hech bir murojaatni e’tibordan chetda qoldirmadi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Февраль 2024 | 23 Февраль 2024 | Самаркандская область |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Февраль 2024 | 26 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Февраль 2024 | 21 Февраль 2024 | Республика Каракалпакстан |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Январь 2024 | 24 Февраль 2024 | Бухарская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Октябрь 2023 | 23 Февраль 2024 | Ташкентская область |