2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq bilan yuzma-yuz: sektor rahbarlari aholi murojaatlarini tingladi

Bugungi kunda rahbarlar xonada o‘tirmay, xalq dardini tinglab, muammolarning ijobiy yechimini topishga harakat qilmoqda. Toshkent shahrida xalq bilan uchrashish, ularni tinglash uchun tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabullar bo‘lib o‘tayapti.

Yurtimizda kunlar sovib, qish fasli ham kirib kelmoqda. Ayni shunday kunlarda aholini qiynaydigan bir qator muammolar yana yuzaga chiqadi.  

Poytaxtimizning barcha tumanlarida bo‘layotgani kabi, Mirzo Ulug‘bek tumanida ham aholi murojaatlari tinglandi.  

Ommaviy sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari, sektorlar – tumandagi prokuratura, adliya,ichki ishlar bo‘limlari va tashkilotlari rahbarlari, sudlar raislari ishtirok etdi.

Bugun hayotimizning ajralmas qismiga aylangan ommaviy qabullar, sayyor uchrashuvlar, jonli muloqotlar  aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va hal etish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Sayyor qabulda eng ko‘p murojaat bo‘layotgan sohalar bo‘yicha mutaxassislar jalb etildi. Bu kabi keng ko‘lamli qabullarning bir vaqtda boshlanishi poytaxt aholisi murojaatlarini keng va chuqur o‘rganish, sohalar bo‘yicha hamkorlik asosida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish imkonini beradi.

Asosiy e’tibor qish faslini betalofot o‘tkazish, ko‘p qavatli uylardagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratildi. Qabul davomida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ham o‘tkazildi.  

Muammolar ma’lum, ammo pandemiya sabab mablag‘ topish, uni to‘g‘ri yo‘naltirish ham qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Yillar davomida yig‘ilib qolgan kamchiliklar qisqa fursatlarda hal bo‘lib qolishi ham qiyin. Ayni masalalar aholiga ham batafsil tushuntirilmoqda. Birlamchi, juda og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarning muammolarini yechishga asosiy e’tibor qaratilayapti. Sayyor qabullar poytaxtimizning barcha tumanlarida davom bo‘lib o‘tmoqda.

24.11.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar