2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonasi yordamida 45 yil deganda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani oldim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi Xalq qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘tgan davr mobaynida 987 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan 839 tasi hududdagi tashkilotlarga, 198 tasi yuqori tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

– Mazkur murojaatlarning 937 tasi belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan, – deydi tuman Xalq qabulxonasi mudiri Avliyoqul Oqqiyev. – Shundan 351 tasi ya’ni 37 foizi ijobiy, 624 tasi huquqiy ma’lumot  va tushuntirish berish orqali hal etilgan. Jami murojaatlardan 6 tasi ko‘rib chiqish uchun jarayonda qoldirilgan.

Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarda ko‘tarilgan dolzarb muammolar tahlil qilinganda aksariyatini uy-joy, yo‘l qurilish, gaz, elektr energiya, ko‘prik qurish yoki joriy ta’mirlash, ijtimoiy ob’ektlarni ta’mirlash tashkil etgan.

Tumanning 1-sektor hududidagi Chovli MFYda 1954 yilda qurilgan 4 ming 200 nafar aholiga xizmat qilayotgan ko‘prik yaroqsiz holga kelib qolgan. Mazkur ko‘prik Guliston, Qirqqal’a, Navbahor qishloqlarida hamda Yangibozor MFYda yashovchi aholiga xizmat ko‘rsatayotgan edi. Bir guruh fuqarolar tomonidan tuman Xalq qabulxonasiga murojaat qilindi. Qabulxona mutasaddilari mazkur ko‘prikni yangidan qurish uchun mutaxassislar ishtirokida ishlarni boshlab yubordi.  

– Dardimizni tuman Xalq qabulxonasi rahbariyati eshitib, zudlik bilan choralarni ko‘rganidan xursandmiz, – deydi Chovli MFY Navbahor qishlog‘ida yashovchi, tumandagi 22-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Mahkamtosh Rahmonov. – Katta Qoraun deb nomlanuvchi kollektor ustida o‘tuvchi ko‘prik ko‘p yillar davomida xizmat qildi. 

Afsuski, muddatini o‘tab bo‘lganligi sabab ta’mirtalab holatga kelib qoldi. Bu borada ko‘plab tashkilotlarga murojaat qildik, natija bo‘lmadi. Tuman xalq qabulxonasiga murojaat qilgan edik ko‘prikni yangidan qurish bo‘yicha barcha mutasaddilar jalb etildi.

– Ko‘prik bizning hudud uchun muhim hisoblanadi, – deydi Chovli MFY raisi Safar Jumayev. – Bu ko‘prikdan MFY hududida joylashgan Navbahor, Qirq Qal’a, Guliston, Yochili qishlog‘ida yashovchi aholi doimiy o‘tib qatnaydi. Oxirgi paytlar qulaydigan darajaga kelib qolgandi. Ko‘prikning qurilishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Yangi ko‘prik qurilguncha aholining o‘tib qaytishi uchun alohida ko‘prik qilindi.  

Tumanning Darg‘ali MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Abror Turdiyev mahalla hududida zamonaviy “Kushxona” qurish va tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ko‘plab tashkilotlarga yer so‘rab qilgan murojaati qog‘ozlarda qolib ketgan. Fuqaroning tuman Xalq qabulxonasiga amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati tegishli tartibda ko‘rib chiqilgan. Natijada “Kushxona” qurishga yer ajratib berildi.  

– Hududimizda tashlandiq yerdan foydalanish maqsadida “Kushxona” qurib foydalanishga topshirdik, – deydi “Qorako‘l ekspress 2020” MCHJ rahbari Abror Turdiyev. – 10 sotix yerda zamonaviy mol so‘yish xonasi, 40 tonna go‘shtni saqlovchi sovutgich, qassoblar uchun xizmat, veterinariya xizmati, yuvinish xonalari mavjud. Qassoblar bilan shartnoma asosida bir kunda 15-20 bosh qoramol so‘yilib, bozorga olib chiqiladi. 

Bundan tashqari poytaxt bozorlariga go‘sht mahsulotlari yetkaziladi. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqariladigan yirik korxonalarga bir yilda 100 tonna go‘sht mahsulotlari yetkazib beriladi. Kelajakda ko‘p tarmoqli korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilganmiz. O‘zimizda qoramolchilikni rivojlantirib go‘sht va go‘sht mahsulotlarini ham ishlab chiqarmoqchimiz. Ayni kunda 10 ta ish o‘rni yaratdik. Bunda asosan hududdagi ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlaganmiz.

Damir Allaberdi 1975 yilda Turkmaniston Respublikasida tug‘ilgan. 1993 yilgacha mazkur davlatda yashagan. Ota-onasining ajrashuvidan so‘ng Damir onasi bilan O‘zbekiston Respublikasiga ya’ni onasining yurtiga qaytadi. Shu yillar davomida unda na tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma na fuqaroligini tasdiqlovchi biror bir hujjat bo‘lmagan.

– Onam bilan uning qishlog‘ida yashay boshladim, – deydi Damir Allaberdi. – Shu yillar davomida hujjat rasmiylashtirib olish uchun bormagan tashkilotim, murojaat qilmagan rahbarim qolmadi. Tuman xalq qabulxonasi tashkil etilganidan so‘ng, mazkur tashkilotga murojaat qildim. Ular menga amaliy yordam berishni boshladi. 

45 yil deganda ya’ni joriy yilning 3 mart kuni tug‘ilgan haqidagi guvohnoma oldim. Guvohnoma olishda ham ko‘plab muammolarga duch keldim. Lekin menga tuman xalq qabulxonasi mutasaddilari ko‘mak berdi. Yaqin kunlarda fuqarolik pasportini olishni rejalashtiryapman. Xalq qabulxonasi ko‘magi bilan uylandim, uyli-joyli bo‘ldim. Pasportimni olishim bilan ishga joylashaman.

15.11.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati

Foydali resurslar