2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat xizmatlari markazida barcha qulay sharoit yaratilgan

Qarshi shahrida davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida yangi qurib bitkazilgan ushbu markaz faoliyati bilan tanishdi.

 Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulug‘bek Muhammadiyevning qayd etishicha, Davlat xizmatlari markazi orqali aholiga 140 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Bu yerda elektron navbat tizimi joriy qilingan, maxsus infokiosklar, elektron auksionda ishtirok etish uchun maxsus joy, investorlar va tadbirkorlar bilan biznes-uchrashuvlar o‘tkazishga mo‘ljallangan xona mavjud. Shuningdek, anjuman va seminarlar uchun konferens zal, bufet, kutubxona va bolalar maydonchasi tashkil etilgan.

– Markazda to‘rtta o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish burchagi bo‘lib, u yerdagi kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan, – deydi U.Muhammadiyev. –  Bu yerda 300 kishilik qulay o‘rindiq mavjud, fuqarolar navbat kutishi va shu asnoda ovqatlanishi yoki kitob o‘qishi mumkin. Shuningdek, markazda bir necha turdagi pullik xizmatlar ham mavjud. Ya’ni, fuqaro davlat xizmatidan foydalangandan so‘ng pullik xizmatga ishi tushsa, bu yerda bemalol ishini bitirishi mumkin. Bu ham vaqtni sarflaydi, ham mablag‘ tejaladi. Eng avvalo, biz fuqarolarni masofadan ishlashga o‘rgatishimiz lozim. Uzoq hududlardan viloyat markaziga kelish shart emas. Kompyuter, internet orqali onlayn ishini bajarishi mumkin.

To‘lovlarni amalga oshirish uchun bank kassasi, bankomatlar ishlab turibdi. Bu yerda yana notarius, FHDYO bo‘limi, sug‘urta tashkiloti filiallari faoliyat ko‘rsatadi. Xalq qabulxonasi va Bosh vazir qabulxonasida fuqarolarning taklif va shikoyatlari ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, Toshkentda sinov tarzida yo‘lga qo‘yilgan “Surdo-online” platformasi ilk bor Qarshi shahrida o‘rnatildi. Ushbu tizim imkoniyati cheklangan shaxslarga davlat xizmatlaridan cheklanmagan tarzda, qulay va tezkor foydalanishga yordam beradi. Ushbu platforma orqali surdo tarjimonlik mutaxassisligiga ega yoshlar ish bilan ta’minlanmoqda.

Bu yerda Prezidentimiz odamlar talabidan kelib chiqib, yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish, mahallalar bilan onlayn bog‘lanib, aholiga qulaylik yaratish, mahallalarda markaz xizmatlarini tashkil etish, bu orqali odamlarning og‘irini yengil qilish bo‘yicha vazifalar berdi.  

Bunday markazlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlardan odamlarning xabardorligini oshirib, keng foydalanishga o‘rgatish muhimligini ta’kidladi.

14.11.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar