Jizzax viloyatida kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning uy-joy sharoitini yaxshilashga ko‘mak berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgacha viloyat bo‘yicha 475 ta kam ta’minlangan oilalarning turar joylari ta’mirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan “Mahalla va oila masalalari bilan ishlashda mavjud muammolar va ularni bartaraf etishda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbariyatining shaxsiy javobgarligi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlar asosida viloyatning chekka tumanlaridagi ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki kambag‘al oilalarning ko‘pchiligi qishloq tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Arnasoy tuman hokimligi va homiylik hisobidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan 12 nafar oilalarga uy-joylarini ta’mirlash uchun 382 dona shifer, shunga yarasha yog‘och va boshqa qurilish ashyolari berildi.
Bundan tashqari yilning o‘tgan davrida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 132 million so‘m mablag‘ ajratilib, shundan 20 nafar ayolga uy joyi ta’miri uchun 117 million so‘m, 15 nafar xotin-qizlarning sog‘ligini tiklash va dori-darmon uchun 15 million so‘m mablag‘ tarqatilgandi.
Joriy yil boshidan tumanida 594 ta kam ta’minlangan oilalar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, ushbu oilalarga jami 53,1 million so‘mlik oziq ovqat mahsulotlari, 16,2 million so‘mlik naqd pul, 5,2 million so‘mlik dori-darmon, 1 million so‘mlik kommunal qarzilari to‘landi hamda 30 million so‘mlik chorva mollari olib berildi va 54,1 million so‘mlik boshqa yordamlar ko‘rsatildi.
Tumanda kambag‘allikni tugatish maqsadida kam ta’minlangan oila a’zolarini ishga joylashtirish, oilaviy biznesni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish va boshqa tadbirlarning amalga oshirilishi natajasida 110 oila “temir daftar”dan chiqarildi.
Bosh vazir tomonidan tasdiqlangan “Mahalla va oila masalalari bilan ishlashda mavjud muammolar va ularni bartaraf etishda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbariyatining shaxsiy javobgarligi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayonida belgilangan tadbirlar barcha tumanlarda amalga oshirilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |