2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Energetika ob’ektlarida kuz-qish mavsumi oldidan tayyorgarlik qay holatda?

“O‘zenergoinspektsiya”ning maxsus ishchi guruhi Buxoro viloyatidagi energetika ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash jarayoni bilan tanishmoqda.

Ishchi guruh a’zolari Buxoro viloyatidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filialida texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazmoqda. Shuningdek, 220/110/35/6 kV li “Buxoro” podstantsiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. Bu haqda “O‘zenergoinspektsiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Buxoro shahridagi “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatda iste’molchilarning elektr energiyasi iste’moli hisoboti tizimini yaratish, elektr energiyasi iste’molining nazorati va hisobotining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan seminar o‘tkazdi. Unda “O‘zenergoinspektsiya” boshlig‘i va Buxoro hududiy bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur seminarda ta’kidlab o‘tilganidek, Buxoro viloyatida 437 046 dona ASKUE tizimiga mos elektron hisoblagichlar o‘rnatilishi belgilangan. Bugungi kunda bu reja 430 039 taga, ya’ni 98,4 foizga bajarilgan. Jumladan, aholi xonadonlariga 401 283 ta (99,2 foiz) hamda ulgurji iste’molchilar uchun 28 756 ta (88,7 foiz) hisoblagichlar o‘rnatilgan.

Joriy yil yakuniga qadar 7 305 ta uch fazali elektron hisoblagich (aholiga – 274 ta va ulgurji iste’molchilarga – 7 031 ta, transformator punktlariga balans hisoblagichlar – 1 975 ta) o‘rnatilishi ta’minlanadi.

Shuni ta’kidlash joizki, 2018 yilda viloyat bo‘yicha texnologik yo‘qotishlar 10,8 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2019 yilda 10,5 foizga tushgan. Natijada bir yilda 10,1 mln.kVt*soat yoki 4,1 mlrd. so‘mlik texnologik yo‘qotishlarni kamaytirishga erishildi.

Seminarda ishtirok etgan viloyat mas’ullarining bildirishicha, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan iste’molchilarning fikrlari tahlil qilib borilmoqda. Ushbu tahlillar va aholi bilan uchrashuvlar natijalariga ko‘ra, mazkur elektr hisoblagichlar aholi tomonidan ijobiy kutib olinayotgani va uning qulayliklari ma’qul kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Seminarda mas’ullarga kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda “Buxoro HETK” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan mukammal ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha “O‘zenergoinspektsiya” boshlig‘i tomonidan tegishli tavfsiyalar berildi.

Shuningdek, “Buxoro HETK” AJga qarashli Tezkor dispetchirlik xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishilib, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

26.09.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar