2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi kambagʻal oilaga uy olishi uchun boshlangʻich toʻlovni toʻlab beradigan boʻldi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahridagi Choʻlpon 100-yilligi mahallasida istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, qiyin sharoitda yashayotgan oilalar, nogironligi bor va boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar xonadonlarida boʻldi.

Prezidentimiz joriy yil 21-22-may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida viloyatda qiyin sharoitda yashayotgan 40 mingdan ziyod oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini, yaʼni doimiy daromad manbai bilan taʼminlash orqali kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha topshiriqlar bergan edi. Ayni paytda davlatimiz rahbarining topshirigʻi boʻyicha viloyatda keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

 

photo_2020-09-14_19-12-29.jpg

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahridagi Choʻlpon 100-yilligi mahallasida istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, nogironligi bor va boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar xonadonlarida boʻlib, ular bilan suhbatlashdi, ana shu oilalarni qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga yordam berdi.

Mazkur mahallaning Shahrixon tor koʻchasida yashovchi Umidaxon Mallaboyeva oilasi oʻta ogʻir sharoitda yashaydi. Oilaning uch nafar farzandi bor. Viloyat hokimi oilaning yashash sharoiti bilan tanishib, xonadonga ikki xonali uy, hammom qurib berish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berdi. Shu kunning oʻzidayoq qurilish ishlari boshlandi.

photo_2020-09-14_19-12-25.jpg

Mazkur mahallada yashovchi fuqaro Baxtiyorjon Axunovning koʻzi ojiz, birinchi guruh nogironi. Torgina xonadonda uch oila, yaʼni oʻzi, turmush oʻrtogʻi hamda ikki farzandi oilasi bilan istiqomat qiladi. Uy-joyga muhtoj ekanligini hisobga olib, viloyat hokimi ushbu oilaga koʻp qavatli uylardan 2 xonali kvartira olishi uchun boshlangʻich toʻlovni toʻlab beradigan boʻldi. Shuningdek, oʻz xonadonlarida qandolatchilik yoʻnalishida tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishlari uchun 30 million soʻm kredit ajratish boʻyicha bank mutasaddilariga topshiriq berdi.

 

Viloyat hokimi yana bir necha xonadonda boʻlib, ularga ham zarur yordamlar koʻrsatdi. Shu tariqa mahalladagi qator kam taʼminlangan oilalar qoʻllab-quvvatlandi, ularni kambagʻallikdan chiqarish, daromad topishlari uchun imkoniyatlar yaratib berildi.

 

photo_2020-09-14_19-12-18.jpg

– Mahallamizdagi 622 xonadonda 1 ming 100 oila tarkibida 4 ming 600 nafar aholi yashaydi, – deydi “Choʻlpon 100-yilligi” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Neʼmatjon Choʻliyev. – Yil boshida mahallamizda 72 ta oila temir daftarga kiritilgan boʻlsa, hozirda ularning soni 29 taga tushdi. Bir qator oilalarga tadbirkorlik uchun kreditlar ajratildi, qator oila vakillari doimiy daromad keltiradigan ishlarga joylashtirilishi hisobiga kambagʻal oilalar soni qisqartirib borilmoqda.

 

Viloyatda aholini kambagʻallikdan chiqarish borasida yuqoridagi kabi ishlar izchil va tizimli ravishda olib borilmoqda.

15.09.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar