2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Andijonliklar qanday muammolarni koʻtarishdi?

Prezident Administratsiyasi hamda Xalq qabulxonasi masʼul xodimlari boshchiligida Andijon viloyatida tashkil qilingan ommaviy qabullarda asosiy eʼtibor – murojaatlarda koʻtarilgan muammolarni joyiga chiqib oʻrganish va hal qilishga qaratildi.

Xususan, Asaka, Boʻston va Qoʻrgʻontepa tumanlarida tashkil qilingan qabullarda mazkur hududlardan tashqari Marhamat, Buloqboshi, Jalaquduq, Xoʻjaobod, Baliqchi, Shahrixon, Ulugʻnor tumanlari, Andijon va Xonobod shaharlari aholisini oʻylantirayotgan masalalar oʻrganildi.

 

Taʼkidlash kerakki, muloqotlar davomida tadbirkorlar muammolariga hamda aholi bandligi taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Xususan, Asaka tumani “Ungut” mahallasida xususiy bogʻcha tashkil qilgan Shuhrat Joʻrayev 5 oydan buyon daromadsiz qolib, ogʻir ahvolga kelib qolgan edi. Uning murojaatidan soʻng mazkur muassasa davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat olib boradigan boʻldi. Tadbirkorga ajratiladigan subsidiya karantindan soʻng ularning oyoqqa turib olishiga katta yordam boʻladi.

 

Jalaquduqlik tadbirkor Mirodil Joʻrayevning murojaati asosida unga “Dostonobod” mahallasida 100 oʻrinli xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi qurish uchun imtiyozli kredit ajratiladigan boʻldi. Qoʻrgʻontepalik tadbirkor Yorqinoy Nurmatovaning murojaatidan soʻng unga qarashli nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga tabiiy gaz tarmogʻi tortib berildi.

 

Asakalik tadbirkor Halimaxon Qurbonovaga qarashli “Navroʻz” korxonasida trikotaj mahsulotlari tayyorlanmoqda. Ishbilarmon ayol faoliyatini yana-da kengaytirish va mahsulotini eksport qilishi uchun qoʻshimcha bino, bino qurish uchun esa yer kerak. Uning murojaatidan soʻng mavjud tartib-taomillar doirasida Asaka tumani Navroʻz dahasidan 4 sotix yer ajratib berildi.

 

Boʻstonlik tadbirkor Elyorbek Haydarov esa ancha yillik tajribaga ega. Parrandachilik yoʻnalishi boʻyicha klaster tizimini yoʻlga qoʻygan hamyurtimiz yana bir necha istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etish istagida ommaviy qabulga keldi. Uning murojaatidan soʻng yana qoʻshimcha parrandachilik klasteri tashkil etish va ozuqasi uchun yer ajratish masalasi hal boʻldi.

 

Baliqchilik Shohida Dehqonova esa qabuldagi murojaatidan soʻng shu kunning oʻzida Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan davlat-xususiy sherikchilik asosida 100 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti qurish uchun kelishuv bitimini imzoladi. Shu yil yakunigacha tadbirkor yangi muassasa faoliyatini yoʻlga qoʻyadi.

 

Asaka va Qoʻrgʻontepa tumanlaridagi qabullarda oʻnlab insonlar doimiy ishga joylashtirildi. Deylik, asakalik Farida Ahmadjonova maktabgacha taʼlim tashkilotida ish boshladi. Yolgʻiz ayolga qoʻshimcha daromad boʻlishi uchun sogʻin sigir ham olib berildi. Oliy maʼlumotli menejment boʻlaturib ish topolmay yurgan Tursunali Xudoyorovga ham oʻz mutaxassisligi boʻyicha ish topib berildi.

 

Izboskan tumanidagi ommaviy qabulda ijtimoiy koʻmakka muhtoj koʻplab oilalarning qator muammolari hal qilib berildi. Deylik, Aziza Madaminovaga 2 yoshli farzandini jarrohlik amaliyoti asosida davolash uchun Izboskan tumani hokimligi hisobidan zarur mablagʻ ajratilishi bilan yana bir oilaning koʻp yillik masalasi hal qilindi.

 

10 kun avval Izboskan tumani “Madaniyat” mahallasida yashovchi Akmaljon Jumaboyevning xonadoni butunlay yonib ketdi. Boz ustiga, yongʻin ikki qoʻshnisining uyiga ham zarar berdi. Oqibatda, kulga aylangan xonadon egasi nihoyatda ogʻir ahvolda qoldi. Ommaviy qabuldagi murojaatdan soʻng Akmaljon Jumaboyevga uyini tiklab olishi uchun zarur qurilish materiallari olib beriladigan boʻldi.

 

Jami Andijon viloyatida tashkil qilingan ommaviy qabullarda 832 nafar fuqaroning 857 ta masalaga oid murojaatlari koʻrib chiqildi. Ularning 298 tasi joyida hal etilgan boʻlsa, 218 ta murojaat egasiga huquqiy maslahat va tushuntirish berildi, 341 ta murojaat boʻyicha aniq muddat va masʼullar belgilanib, nazoratga olindi.

17.07.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati

Foydali resurslar