2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
TOMORQA HIKMATI: kambagʻalni boy, boyni baxtli qiladi...

Toshkent viloyati Chinoz tumanining “Sutbuloq” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Sobir aka Rahmonberdiyevlar xonadoni hozir koʻpchilikka ibrat koʻrsatmoqda.

Mahalla raisi Baxtigul Begaydarovaning taʼkidlashicha, 10 kun avval ushbu xonadonda karantin talablari asosida toʻy boʻlgani va bunda yosh kelin-kuyovlar kamxarjlikka amal qilgani tahsinga sazovor.

– Hududimizdagi fuqarolar mehnatkash, qariyb 90 foizdan ortigʻi tomorqadan katta daromad oladi. Shu bos, toʻq yashaydi. Bizda deyarli kam taʼminlangan oilalar yoʻq, – deydi mahalla raisi B.Begaydarova. – Sobir aka turmush oʻrtogʻi bilan halol mehnati tufayli 3 oʻgʻil va 1 qizni voyaga yetkazyapti. Ikki oʻgʻli, kelini oliy oʻquv yurti talabasi. Hovlisining 14 sotixi tomorqa boʻlib, uning bir qismida issiqxona barpo etilgan. Oilaning barcha aʼzolari bu yerda birdek mehnat qiladi. Ular bulgʻor qalampiri, bodring ekib, hosilni saranjomlab olib, endi navbat pomidorga.

– Bilganga tomorqa koni foyda ekan, – deydi Sobir aka. – Yerga mehr berib, ishlov berilsa, dasturxon toʻkin, roʻzgʻor obod boʻladi. Katta roʻzgʻorni bemalol tebratadi. Oilamizning 7 nafar aʼzosi mehnat bilan band. Shuning orqasidan toʻylar qilyapmiz, farzandlarimizni oʻqityapmiz, bir oʻgʻlimizga uy quryapmiz, qoʻyingki, qancha xarajat boʻlsa, hammasini qoplaydi. Yillik daromadimiz chakki emas, 35-40 million soʻmgacha boradi. Agar tomorqa boʻlmaganida, shuncha pulni qayerdan topardik?

16.07.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar