2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Tomorqa – kambagʻallikni qisqartirishning muhim manbai

Bu yilgi koronavirus pandemiyasi davridagi murakkab vaziyatni hisobga olib Jizzax viloyati aholi tomorqalarida may-iyun oylarida toʻqsonbosti va ertagi ekinlardan boʻshagan 10 ming 56 gektarga takroriy ekinlar ekildi.

Yangiobod tumanining Balandchaqir mahallasidagi biri saksondan oshib, biri saksonni qoralab qoʻsha qarayotgan Davron ota Normatov hamda Muyassar ona Qosimovaning tomorqasida ziroatning barcha turi yetishtiriladi.

 

— 17 sotix tomorqamizning 6 sotixi kartoshka, 2 sotixi issiqxona, 1 sotixida sarimsoq piyoz, 84 tup tok, 50 tup mevali daraxt, qulupnay, lavlagi, sabzi, koʻkatlar ekilgan, — deydi xonadon sohibi Davron ota. – Ertagi ekinlarning oʻrniga kechkisini ekdik. Keksalikda tomorqada ishlashning ham gashti bor. Bekor oʻtirolmaymiz. Ayniqsa, karantin davrida zerikishga vaqt yoʻq. Suyagimiz mehnatda qotgan. Oila ehtiyoji uchun barcha zaroat turi tomorqadan chiqdi. Oshiqchasini bozorga chiqaramiz.

 

Endilikda tomorqadan samarali foydalanayotgan bunday oilalar barcha mahallalarda koʻpayib borayotir. Keyingi yillarda viloyatda tomorqadan foydalanishga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgarmoqda.

 

Oʻtgan yili toʻqsonbosti usulida 2020-yil hosili uchun 2,6 ming gektarga, 2019-yilga nisbatan 57 foiz koʻp, ekin ekilgan edi. Undan 44 ming tonna mahsulot yetishtirildi. Viloyat fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashidan maʼlum qilishicha, bu yil toʻqsonbosti ekinlar ekish oʻtgan yilga nisbatan 30 foizga ortgan. Umumiy maydoni 9 ming gektardan oshgan.

 

Eng kamida uch marta hosil olish uchun sohada ishni tizimli yoʻlga qoʻyishga eʼtibor qaratilayotir. Natijada biror xonadonda tomorqaning qarovsiz qolishiga yoʻl qoʻymaslik choralari koʻrilmoqda.

 

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” MCHJ va qishloq xoʻjaligi kooperativlarini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun jami 85,1 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.

 

Tumanlarda tashkil etilgan “Tomorqa xizmati” MCHJlar tomonidan ekin ekish uchun 6, 5 tonnadan ziyod maʼdan oʻgʻitlar, 576 kilogramm urugʻlik, 396 ming 368 dona sabzavot va mevali daraxt koʻchatlari yetkazib berildi. Aholi xonadonlarida 502 ta ixcham issiqxonalar qurishga koʻmak berildi.

 

Natijada 2020-yil bahorida 178,6 mingdan ziyod tomorqa egalari tomonidan 17,7 ming gektar ertagi ekin ekildi. Jumladan, 73 gektar maydonga kartoshka, 5 ming 180 gektarga sabzavot, 140 gektarga poliz, 1 ming 120 gektarga dukkakli va moyli ekinlar, 2 ming 843 gektarga boshqa ekinlar hosili yetishtirildi.

 

– Barcha tuman va qishloqlarda ”Bir mahalla – bir mahsulot tamoyili” asosida faoliyat koʻrsatayotgan hududlar soni kundan-kunga koʻpayib borayotir, – deydi viloyat fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi boʻlim boshligʻi Qudrat Oʻrozaliyev. – Jumladan, Baxmal, Gʻallaorol, Zomin, Forish tumanlarida pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri, rediska, qulupnay, limon, Paxtakor, Doʻstlik, Mirzachoʻl kabi tumanlarda poliz yetishtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu tumanlar tomorqa egasiga ham uni bozor va chetga yetkazib beruvchi xaridor tadbirkorlarga ham qoʻl kelmoqda.

 

Aholi turmush darajasini oshirish va ularni kambagʻallikdan chiqarishda tomorqadan samarali foydalanishning oʻrni gʻoyat muhimligi isbot talab etmaydigan haqiqat. Ayniqsa, bu sohaning koronavirus pandemiyasi sharoitida aholi daromadlari keskin kamayib ketishining oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega.

15.07.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar