2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mehnat kambag‘allikka barham beradi

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi Tamabahrin qishlog‘ilik keksalar hamqishloqlari Gulnora Baratova erishgan yutuqlar zamirida tinimsiz mehnat va mashaqqat yotibdi, deyishadi. Yoshlar esa, katta bo‘lsam, men ham opaga o‘xshab tadbirkor bo‘laman, deya unga havas qilishadi.

Gulnora opaning hayotida mashaqqatli davrlar ko‘p bo‘lgan. Opa ko‘p farzandli oilada katta bo‘lgani uchun qaerdadir ishlamasa, ro‘zg‘orida kamchiliklar arimasligini yaxshi bilardi. Shuning uchun kolxozda sigir sog‘di, dalalarda mavsumiy ishladi. Ko‘p o‘tmasdan hayot yo‘lini Isomiddin Mamatov bilan bog‘laydi. So‘ng kamsuqum oilada ro‘zg‘orga ozroq ko‘maklashish ilinjida doimiy ish qidira boshlaydi. Shunda yaqin atrofda bog‘cha barpo etilayotgani, agar uning qurilishida faol ishtirok etsa, keyinchalik tarbiyachi bo‘lib ishga kirishi mumkinligini eshitadi. Oz muddat o‘sha muassasa bitgunigacha quruvchilik qiladi. Va’daga muvofiq, tarbiyachi bo‘lib ishlaydi. Birin-ketin farzandlar dunyoga kela boshlaydi. Bir muddat oila, ro‘zg‘or bilan band bo‘ladi. O‘tgan asrning 90-yillari boshlarida turmush o‘rtog‘i qishloqdan uncha uzoq bo‘lmagan hududdan er olib, dehqonchilik qiladi. Er lalmikor bo‘lgani uchun asosan masxar ekilardi, lalmi poliz ekinlari parvarish qilinardi. Ushbu hududda suv taqchil bo‘lgani uchun Gulnora opa turmush o‘rtog‘i bilan yirik gidroinshoot o‘rnatadi, nasos orqali qirq metr balandlikka suv chiqaradi. Mana, oradan qariyb 30 yil o‘tdi. Tamabahrin qishlog‘i xalqi ana shu suv inshootidan hamon foydalanmoqda. 

Orada turmush o‘rtog‘i Isomiddin Mamatovning ishlari yurishmay, biroz orqaga ketdi. Kolxozlar tugatildi. Qishloq xo‘jaligi tizimida ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi, erga egalik qilish tartiblari o‘zgardi. Bunda oila nochor ahvolga tushib qoldi. Bu yoqda besh farzand eyman, ichaman, deb voyaga etib kelayotgandi.

– Shunday hollar bo‘ldiki, dasturxonda nondan boshqa hech narsa bo‘lmay qoldi, – deydi Gulnora Baratova. – Nonni suv bilan eb qorin to‘yg‘azib, qo‘limizni duoga ochar ekanman, har kuni ilohim, farzandlarimning rizqini butun qil, deb xudoga yolvorardim. O‘sha yillar tirikchilik og‘ir kechgandi. Bir muddat savdo ishlari bilan ham shug‘ullandim. Ammo ish aytgandek bo‘lmadi. Shunda xayolimga o‘zimning nomimga er olib, fermerlik bilan shug‘ullanish rejasi paydo bo‘ldi. 1999 yil noyabrь oyidan “Asqar” fermer xo‘jaligini yurita boshladim, erga mehr berdim, maydonimizni 25 gektardan 110 gektargacha kengaytirdik. Bunda turmush o‘rtog‘im ko‘magi va maslahatlari ijobiy natija berdi. Imkoniyatlarimiz kengaydi. Ishlarimiz o‘z-o‘zidan yurishib ketdi.

Gulnora Baratovaninng o‘g‘illari tashkil etgan baliqchilik tumanda yirik tadbirkorlik sub’ektlaridan biri hisoblansa, tomorqasidagi ekin-tekin va obodonchiligi bilan qishloqdoshlarga o‘rnak bo‘la oladi.

– Tovuq etti xazinadan biri, deb bekorga aytilmas ekan, – dedi turmush o‘rtog‘i Isomiddin Mamatov. – Xonadonimizda 150 tacha tovuq bor. Oilamiz katta. Tuxumning o‘zimizdan ortganini qo‘ni-qo‘shniga sotamiz. Bizda odat shunaqa – o‘tirgan joyimizda ham tinch turish yo‘q. Doim nima bilandir band bo‘lamiz. O‘zim tomorqa ishlarini gullataman. Qishin-yozin tomorqamizda etishtirilgan mahsulotlarni iste’mol qilamiz. Mana shu tinimsiz mehnatimiz ortidan bolalarimizni hech kimdan kam qilmadik. Katta-katta o‘qishlarda o‘qitdik. Xudoga shukr, hammasi uyli-joyli, oliy ma’lumotli. Katta o‘g‘limga mahallamizda qurilgan namunali uylardan birini olib berganmiz. Kelinim bilan baxtli hayot kechiryapti. Navbat o‘rtancha o‘g‘ilga. Bizda yana bir yaxshi odat bor: o‘g‘illarim bu pul meniki, bu pul seniki, demaydi. Hammalari mushtni bir erga uradi. Navbati bilan to‘y qiladi, mashina oladi, uy soladi. Biz o‘tib ketgandan so‘ng ham orasidagi oqibat yo‘qolmasin, deyman.

– Bu hayot beshafqat, – dedi Gulnora opa. – Qancha bo‘yin egganing sayin seni yana eggisi keladi. Hozir yaxshi yashash uchun kurashmasang, ertaga ishing yanada og‘irlashadi. Bugun eriga topib kelsang eyman deb turadigan ayollarning zamoni emas. Bekorga er-xotin qo‘sh ho‘kiz deyilmagan. Erning topganini ayol ham yamab turishi kerak. Kezi kelganda, ayol boshim bilan ketmon elkalab er chopdim, paxta va g‘alla dalalarini sug‘oraman, deb
ariqlarda suv kechdim. Yozning jaziramasida salqingina uyda emas, dalaning o‘zida tunab qolishimizga to‘g‘ri kelgan. Men tengi ayollar erining mashinasida o‘tirib qishloqni sayr qilib yurganida, men traktorlarda paxta punktlarida terilgan paxtani topshirish uchun navbatda turdim... Farzandlarim ham bizning ortimizdan ketyapti. Xonadonimizga goh televidenie muxbirlari, goh radio jurnalistlari kelib hayot yo‘limizdan ocherklar, lavhalar tayyorlab ketishadi. O‘g‘illarimning baliqchilikda erishgan yutuqlarini yoritishadi. Bulardan xursand bo‘laman, taniqli shoira aytganidek: “Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim”.

Mehnatlari ortidan besh o‘g‘il- qizini uyli-joyli qilgan, o‘qitgan Gulnora opa kecha biroz qiynalgandir, ammo bugun o‘sha mashaqqatlarining mevasidan bahramand bo‘layotgani bor gap. Quvonarlisi, farzandlari ham ulardek tirishqoq, uddaburon. Yo‘qchilik insonni nimalarga majbur qilmaydi, deysiz. Bu paytda ingichka uziladi, yo‘g‘on cho‘ziladi. Erining topganiga qanoat qilib, sabr qilib yashasa — yaxshi. Ayol boshi bilan o‘zi ham harakat qilib ro‘zg‘orning kam-u ko‘stini to‘ldirishga ko‘maklashsa, oilada farovonlik uchun kurashsa undan ham yaxshi. 

Xullas, sharoit Gulnora opaning tinimsiz harakatda bo‘lishini taqozo qildi. Bugungi baxtli hayoti o‘tmishda qolgan har qanday tashvishni unutishga, mamnun va baxtiyor yashashga undaydi. Zero, ayol uchun oila tinchligi va farog‘atidan o‘zga baxt yo‘q.

14.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar