2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
11 ming nafardan ziyod yoshlar bandligi taʼminlandi

“Yoshlar oyligi” doirasida Toshkent viloyatida ham qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar, jumladan, 6 ta yoʻnalish boʻyicha 30 dan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda.

Taʼkidlash joizki, viloyatda joriy yil oylik anʼanaviy – turli jamoaviy tadbirlar shaklida oʻtkazilmadi. Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan ayni masalaga boshqacha yondashilib, joylarda yoshlar bandligi boʻyicha start berilgan turli loyihalar, xayrli tashabbuslarning yana-da keng qanot yozishi uchun harakat boshlanmoqda.

 

photo_2020-06-06_21-17-52.jpg

Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda viloyatda 21 ming 300 nafarga yaqin ishsiz yigit-qizlar bor. Pandemiya sharoitida koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ayni paytga qadar ularning 11 ming nafardan koʻprogʻi muqim ish joyiga ega boʻldi. Bunda “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi, “Har bir yoshga bir gektar” aksiyasi asosiy oʻrin egallamoqda.

 

2020-yil insoniyat uchun sinovli keldi. Ammo, hayot davom etayapti, yangi vaziyatda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan yangidan yangi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar kun tartibiga chiqmoqda. Masalan, iqtisodiyotning maʼlum tarmoqlari vaqtincha faoliyatini toʻxtatgan, oʻqish va ishlash maqsadida xorijga chiqish imkoniyati qatʼiy cheklangan vaqtda birgina Toshkent viloyatining oʻzida 30 ming nafardan ziyod oliy, oʻrta-maxsus hamda oʻrta maʼlumotli yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Ularning mehnat bozoriga kirib kelishi davri ogʻir va sinovli pallaga toʻgʻri kelmoqda.

 

photo_2020-06-06_21-17-33.jpg

Bu haqda “Yoshlar oyligi” doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

 

Anjumanda yoshlarni ish bilan taʼminlash, mehnat bozoridagi vaziyat boʻyicha ham maʼlumot berildi.

 

photo_2020-06-06_21-17-46.jpg

Xususan, raqamlarga murojaat etilsa, yoshlarni eng koʻp qiziqtirgan soha tadbirkorlik faoliyati ekan. Joriy yil davomida qurilish sohasiga 457 nafar yosh ishga joylashgan boʻlsa, tadbirkorlik sohasida 1 ming 687 nafar yigit-qiz oʻz faoliyatini boshlamoqda. Boshqacha aytganda, mana shuncha yangi gʻoya, biznes rejalar viloyat iqtisodiyotiga salmoqli kuch boʻlib qoʻshildi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi sohasiga 1 ming 738 nafar, yil boshida oʻtkazilgan mehnat yarmarkalarida esa 1 ming 956 nafar yosh yigit-qiz ishga joylashgan.

 

Shuni alohida taʼkidlash joizki, viloyatda meva-sabzavotchilik, bogʻdorchilik kabi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilgan 17 ta qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasi tashkil etildi. Kooperatsiyalarga biriktirilgan 1 ming 782 gektar yer maydonida bugun 1 ming 674 nafar yoshlar mehnat qilmoqda.

 

photo_2020-06-06_21-17-40.jpg

Kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilada istiqomat qiluvchi 700 nafardan ziyod yoshlarga 1 milliard 427 million soʻmdan ortiq subsidiya birlamchi agrotexnik ishlarni tashkil etish uchun bandlik boʻlimlari tomonidan taqdim etildi.

 

Matbuot anjumanida shuningdek, yoshlar bilan ishlash borasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish, ayniqsa, mavjud karantin holatidan kelib chiqib, pandemiya sharoitida yoshlar bandligini taʼminlash, jinoyatchilik va salbiy illatlarning oldini olish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, yosh isteʼdodlarni aniqlash va ragʻbatlantirish borasidagi ishlar haqida ham maʼlumot berilib, bu boradagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish lozimligi qayd etildi.

 

07.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar