2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qashqadaryoda aholi murojaatlariga qanday yondashilmoqda?

Karantin kunlarida ham aholi murojaatlari bilan ishlash, eng kichik masaladan tortib, hududlar obodligi, odamlarning farovon hayoti uchun xizmat qiladigan katta muammolargacha hal qilish choralari koʻrilmoqda.

Joriy yilning shu davrigacha Qashqadaryo viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonasiga 5 ming 693 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, ularning 4 ming 349 tasi qanoatlantirilgan. 

 

Aniq misollarga murojaat qilsak. Qarshi shahridagi “Aral” mahallasida 2 mingdan oshiq aholi yashaydi. Ammo hududda umumtaʼlim maktabi yoʻqligi sababli oʻquvchilar 2-3 km. yoʻl bosib, qoʻshni mahallalardagi maktablarga qatnab oʻqishga majbur boʻlishgan. Aholi mahallalarida maktab uchun ajratilgan yer borligi, ammo qurilishi bir necha yillardan buyon amalga oshmay kelayotganini aytib, shikoyat arizasi bilan chiqishgan.

 

Murojaatlardan soʻng maktab investitsiya dasturiga kiritilib, qurilish ishlari boshlab yuborildi. Dasturga asosan 3 qavatli, 630 oʻrinli zamonaviy bilim dargohi qad rostladi. Ushbu yangi maktabda oʻquvchilarning bekami-koʻst bilim olishlari uchun barcha shart sharoit va qulayliklar yaratilmoqda.

photo_2020-06-02_20-45-25.jpg

Qarshi shahridagi “Gungon”, “Gʻafur Gʻulom”, “Kat” mahallalari aholisining ham bir necha yillik muammolari hal etilmoqda. Ushbu mahallalarni kesib oʻtuvchi “Alisher Navoiy”, “Nasaf” koʻchalari taʼmirtalab ahvolga kelib qolganligi transport qatnovi va yoʻlovchilarning oʻtib qaytishi uchun qiyinchilik tugʻdirayotganidan tashqari yozda atrofga tarqaladigan chang toʻzon, qishda hosil boʻladigan koʻlmak va loy atrof muhitga ham zarar yetkazayotgani aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan edi. Va nihoyat, bu muammo ham oʻz yechimini topdi.

“Navoiy” va “Nasaf” koʻchalarini taʼmirlash uchun respublika byudjetidan 16 milliard 150 million soʻm mablagʻ ajratildi. Ayni paytda yoʻl korxonalari tomonidan qurilish-taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi. Tor, oʻnqir-choʻnqir koʻchalar 4 tasmali, keng va ravon yoʻlga aylanayapti. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida yoʻlni ikki tomonida piyodalar yoʻlakchalari qurilib, suv qochirish lotoklari barpo etilayapti.

 

Yoritish tarmoqlari yangilanayapti. Tuproq, iqlim sharoitidan kelib chiqib, turli manzarali daraxt koʻchatlari ekish ishlari amalga oshirilayapti. Yoʻl qurilishi munosabati bilan 700 dan ortiq ishsiz yoshlar ishga qabul qilindi. 

 

Albatta, aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan taʼminlash, oilalarning daromadini oshirish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada foydalanilmay kelinayotgan yerlarni oʻzlashtirish hisobiga ish oʻrinlarining yaratilayotgani har tomonlama samarali boʻlmoqda. Viloyatda mahalliy hokimiyatlarning koʻmagi va tadbirkorlarning tashabbusi bilan 23 ta ishlab chiqarish kooperatsiyalari tashkil etildi. Ularga 732 nafar ish bilan band boʻlmagan fuqarolar va yoshlar biriktirildi.

 

photo_2020-06-02_20-45-29.jpg

Bandlikka koʻmaklashish markazining jamgʻarmasi hisobidan kooperatsiya aʼzolari uchun 2 milliard 566 million soʻm miqdorida subsidiyalar ajratildi. Qir-adirlik va lalmi yerlar oʻzlashtirilib, 1 ming 365 gektar yangi yerlar ochildi. Bundan tashqari samarasizligi tufayli foydalanishdan chiqarilgan 659 gektar yer qaytadan ekin maydonlariga aylantirildi.

 

Yangi ochilgan yerlarda sugʻorish tarmoqlarini yoʻlga qoʻyish uchun 22 ta artezian quduqlar qazilib, obi hayot chiqarildi, 19 ta suv nasoslari yangidan oʻrnatildi, 15 km. lotoklar qurildi, 16 km.lik kanal va ariqlar tozalandi. 

 

“Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida Qarshi tumanidagi “Xonobod” massivida qarovsiz, foydalanilmay turgan 93 gektar yer maydoni 132 nafar yigit qizga imkoniyatiga qarab, 50 sotix va 1 gektardan boʻlib berildi. Suv chiqishi qiyin boʻlgan maydon tekislanib, shudgor qilindi. Hududdagi yaroqsiz ahvolga kelib qolgan transformator taʼmirlandi.

 

Suv yoʻllari ochilib, 3 ta artezian qudugʻi oʻrnatib berildi. Natijada qaqrab yotgan zamin obi hayotdan bahra oldi. Shohrux Bobosharipov va Dilnoza Salimova yosh oilalardan biri. Bugun ular bir gektar yerning egasi. Dastlab ekkan 400 tup olma koʻchatlari bugun baravj rivojlanayapti. Ular hosilga kirguniga qadar yerdan samarali foydalanish va daromad koʻrish uchun nihollar orasiga pomidor, piyoz singari poliz ekinlari ekib, parvarish kilishayapti.

photo_2020-06-02_20-45-37.jpg

Imkoniyatlar hisobga olinib, ushbu hududda yana 500 gektar yer oʻzlashtirilib, 500 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga va yoshlarga boʻlib berilishi rejalashtirilayapti.

 

Viloyat Xalq qabulxonasining yordami bilan yana bir tadbirkorning niyati ushaldi. “Otchopar” mahallasida istiqomat qiluvchi Shuhrat Odilovga ham “Xonobod” massividan 5 gektar yer ajratib berildi. Yillar davomida foydalanilmay kelingan, yantoqzorga aylangan yer bugun obod manzilga aylandi. Yaxshi niyatlar bilan yerga qadalgan uzum koʻchatlari bugun barg chiqardi. Qator oralariga bodring, pomidor, bulgʻor qalampiri ekildi. Ekinlarni tomchilatib sugʻorish yoʻlga qoʻyildi.

 

 

Eʼtibor va gʻamxoʻrlik, qoʻllab quvvatlash, har qanday dalda ertangi kunga boʻlgan ishonchni, inson irodasini mustahkamlaydi. Prezident Xalq qabulxonalari esa ushbu ezgu saʼy-harakatlarda doimo elimiz koʻmakdoshi boʻlib keladi.

03.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati

Foydali resurslar