2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Oilalar daromad manbasiga ega boʻlsa, kambagʻallik barham topadi

Yoki tadbirkorlik kayfiyati bor joyda kambagʻallik boʻlmaydi!

Ehtiyojmand oilalarga madad boʻlish, ularga imkon qadar yordam berishga harakat qilyapmiz. Ammo xalqimiz “Qoʻldan berganga qush toʻymaydi”, degan naqlni bejiz aytmagan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Pandemiya tufayli kambagʻal aholi va ishsizlar sonining oshishi, oilalar daromadining kamayishi tayin. Shu sababli qisqa fursatda yangi ish oʻrinlari yaratish uchun kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni faol qoʻllab-quvvatlash zarur”, deb alohida taʼkidladi.

Davlatimiz rahbari hozirgi murakkab vaziyatdan chiqishning chorasi sifatida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni faol qoʻllab-quvvatlash boʻyicha topshiriqlar ham berdi.

Darhaqiqat, daromad manbasi, yaʼni kichik boʻlsa ham tadbirkorlik qila olgan oilaning roʻzgʻoriga baraka kirishi shubhasiz.

Bu ezgu maqsadni amalga oshirish uchun Namangan viloyatida amaliy ishlar boshlab yuborildi. Ehtiyojmand oilalar roʻyxati shakllantirilib, ularga oilaviy biznes boshlashiga koʻmaklashilmoqda.

Xususan, Pop tumanida oʻnta xonadonga tovuq va quyonlartarqatildi. Shu bilan birga, Namangan viloyati Pop tumanida kam taʼminlangan oʻnta oilaga ikkitadan, jami 20 quti asalari uyasi tuhfa etdik. Bu oilalar bir haftadan keyin tayyor asal olishi mumkin.

Ming dardga davo bu mahsulot ularning roʻzgʻorini obod qiladi. Mutaxassislar fikriga koʻra, bir quti asalari uyasidan 1 million soʻmgacha daromad topish mumkin.

Umid qilamizki, bu oilalar tovuq va quyonlar sonini, asalari qutilarilarni yana-da koʻpaytirib, oʻz biznesini rivojlantiradi. Bundan tashqari,9 nafar ishsiz fuqaroga “Pop baraka dehqon bozori” savdo rastalaridan savdo-sotiq qilish uchun joy ajratib berildi. Poplik tadbirkorlarga esa hozirgi murakkab vaziyat hisobga olinib, bozor atrofidagi yuzga yaqin savdo doʻkoni uch oyga ijara haqisiz faoliyat yuritish uchun topshirildi.

Bu imkoniyatlardan foydalayotan yurtdoshlarimiz kelgusida oʻz biznesiga ega tadbirkorlarga aylanadi. Tadbirkorlik kayfiyati bor joyda esa kambagʻallik boʻlmaydi.

31.05.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar