2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bo‘ka tumanida 250 nafar yigit-qizning bandligi ta’minlandi

Bugungi kunda yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan turli loyihalar, istiqbolli rejalar o‘z samarasini bermoqda.

Xususan, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida “Har bir yoshga — bir gektar“ loyihasi doirasida “Bo‘ka“ mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi bo‘sh turgan jami 77,6 gektar er ishsiz 160 nafar yigit-qizlar va ehtiyojmand yosh oilalarning 40 tasiga ajratib berildi. Ularning ba’zi biri esa 2 nafardan yoshni ishga jalb qilishi natijasida 250 nafar yigit-qizning bandligi ta’minlandi. 

Loyiha yoshlar bandligini ta’minlashda va erdan unumli foydalanib daromad olishiga xizmat qiladi. Ayni paytda dalada ish qizg‘in bo‘lib, ko‘zlarida ertangi kunga ishonch aks etgan yigit-qizlarning faolligini ko‘rish mumkin. Berilgan imkoniyatdan samarali foydalanib, daromad olish maqsadida turli sabzavot ko‘chatlari va urug‘larini erga qadashmoqda. Zero, bugungi samarali mehnat ertangi mo‘l hosil garovidir.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu kungacha Bo‘ka, Toshkent, Ohangaron va Parkent tumanlarida ham “Har bir yoshga – bir gektar” aktsiyasi asosida ishsiz yurgan yigit-qizlarning har biriga suvli maydonlardan 20 sotixdan bir gektargacha er ajratildi. Ularga mevali daraxt ko‘chatlarini ekishga zarur texnikalar bilan yordam berilyapti. Umuman hozirgacha joylarda 315 nafar yoshga 152,5 gektar er berildi.

Toshkent tumanida ham bu borada muayyan ishlar olib borilyapti. “Manzilli reja” loyihasi asosida “Chuvalachi” hududidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan 5 nafar yigit-qizga sug‘oriladigan erlardan jami 2,5 gektar er berildi.

Umuman keyingi paytda Toshkent viloyatida yoshlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilyapti. Ayniqsa, 18-30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida qator loyihalar hayotga joriy etildi. Yoshlar asosan agroklaster, baliqchilik, asalarichilik, parrandachilik, tomorqachilik, xususan, issiqxona xo‘jaliklariga ishga joylashtirilayapti.

“Har bir yoshga – bir gektar” loyihasi, “Yoshlar kelajagimiz” va “Har bir oila –tadbirkor” davlat dasturlari, mehnat yarmarkalarining o‘rni katta bo‘lmoqda. Ish bilan band bo‘lmagan 21 ming 298 nafar yigit-qizning bandligini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar shular jumlasidandir. 

21.04.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar