2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yuksak tafakkur, temir intizom, sabr-toqat va shaxsiy masʼuliyat

Bugungi kunda butun insoniyat ogʻir kunlarni boshidan oʻtkazmoqda. Koronavirus infeksiyasi 190 dan ortiq mamlakatni qamrab oldi. Afsuski, bu kasallik mamlakatimizni ham chetlab oʻtmadi.

Koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq xabarlar barchamizni birdek xavotirga solmoqda. Bu ofatdan xalqimizni asrash maqsadida davlatimiz rahbari boshchiligida taʼsirchan choralar koʻrilmoqda. Xususan dunyoni larzaga solayotgan koronavirus pandemiyasining avvalo insonlar hayotiga jiddiy taʼsir qilayotgani, qolaversa, beparvolikka berilib, ijtimoiy, iqtisodiy, umuman, turmush tarzimizga salbiy oqibatlaridan tashvishlangan holda kuni kecha Prezidentimiz videoselektor yigʻilishida uchinchi bor xalqimizga murojaat qildi.

 

Davlat rahbarining aynan ushbu masala boʻyicha takroran murojaat qilishlari bejizga emas. Sababi, hanuzgacha bu kasallikning oqibati nimalarga olib kelishini, kasallikka chalingan bir bemorning qanchadan-qancha fuqarolarimizga, qolaversa millatimizning ertangi kuniga salbiy taʼsir koʻrsatishini tushunib yetmayotganlar borligi tashvishlanarli hol. Bundan tashqari, chekka hududlarda, bu kasallik bizda yoʻq, qabilida ish yuritib karantin qoidalariga amal qilmasdan koʻchaga chiqib maqsadsiz toʻplanishib turishi yoki turli ommaviy tadbirlarni oʻtkazayotgani ham afsuski uchrab turibdi.

 

Bir jihatni yaxshi anglash kerak, koronavirus infeksiyasi chegara bilmaydi, uning yuqishi bilan esa oʻzini, yaqinlari, mahallasi qoʻyinki xalqimizga oʻzining salbiy oqibatlarini yetkazishi dunyo hamjamiyatida yuz berayotgan fojiali holatlar buning yaqqol isbotidir.

 

Viloyatimizda bu infeksiyaning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida barcha zarur kechiktirib boʻlmas chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, aholi gavjum boʻladigan joylar, bozor, koʻchalar, koʻp qavatli uylar reja asosida dezinfeksiya qilish hamda aholini uydan chiqmaslik borasida targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda. Barcha tibbiyot muassasalari kuchaytirilgan ish rejimiga oʻtkazildi.

 

Bugungi kunda viloyatda chet el safarida boʻlib qaytgan va ular bilan bevosita muloqot qilgan 3594 nafar yurtdoshlarimiz tibbiy kuzatuvga olingan boʻlib, ular uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

 

Bundan tashqari, aholimizni zarur oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida har bir mahallaga koʻchma savdo shoxobchalari tashkil qilinib, mahsulotlar bozor narxida yetkazib berilmoqda.

 

Muhtaram Prezidentimiz oʻz murojaatlarida “Ishontirib aytamanki, koronavirus tarqab ketmasligi uchun davlat barcha choralarni koʻradi. Ammo shu sinovli damlarda har bir oʻzbekistonlik, har bir idora, jamoatchilik vakillari bir musht boʻlib harakat qilishimiz kerak. Kasallikni mahallamizga, uyimizga, oilamizga olib kirmaslik uchun eng avvalo oʻzimiz masʼulmiz” deya taʼkidladi.

 

Albatta bu ishlarni amalga oshirishimiz uchun yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda “yuksak tafakkur, temir intizom, sabr-toqat va shaxsiy masʼuliyat eng taʼsirchan qurolimiz boʻlishi kerak”.

 

Murojaatda tilga olingan Prezidentimizning qisqa vaqtda qabul qilgan ikkinchi farmonida ham bu kasallik oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari belgilab berildi. Ayni paytda iqtisodiyotda roʻy berayotgan inqirozning oldini olish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

 

Jumladan, mazkur farmon bilan:

 

birinchidan: viloyatimizda turistik va mehmonxona faoliyati bilan shugʻullanuvchi 16 ta tadbirkorlik subyektlari shu yil yakuniga qadar yer va mol-mulk soliqlarini toʻlashdan ozod qilinadi. Shuningdek, farmonga koʻra ijtimoiy soliq stavkasi hozirgi 12 foizdan 1 foizga tushiriladi.

 

Ikkinchidan: karantin davrida oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan qariyb 4 ming 500 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlarga daromad soligʻi va ijtimoiy soliqni hisoblash toʻxtatiladi.

 

Uchinchidan: tushumi oʻtgan oydagiga nisbatan 50 foizga kamaygan 5 ming 200 ga yaqin kichik biznes subyektlariga aylanmadan olinadigan soliq, yer soligʻi, mulk soligʻi, ijtimoiy soliq va suv soligʻini toʻlash muddati shu yil 1-oktyabrga qadar kechiktiriladi.

 

Toʻrtinchidan: joriy yil 1-apreldan boshlab 12 mingdan ortiq yuridik shaxslarning tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun oldindan toʻlov majburiyati amaldagi 100 foizdan 30 foizga tushiriladi.

 

Beshinchidan: yil boshidan tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan 58 nafar kichik tadbirkorlik subyektlariga banklar tomonidan jami 42 milliard soʻmlik moliyaviy yordam koʻrsatilgan boʻlsa, endilikda kredit stavkasi 28 foizgacha boʻlganda ham uning 12 foizi davlat tomonidan qoplanadi.

 

Oltinchidan: viloyatda 444 ta qiyin ahvoldagi korxonalarning 205 milliard soʻmlik hamda 1 ming 500 dan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlarning 95 milliard soʻmlik kredit majburiyatining muddati uzaytirildi.

 

Shuningdek, 3 ta paxta-toʻqimachilik klasterlarining 2019-yilda paxta yetishtirish uchun olgan 88 milliard soʻmlik kreditlarini qaytarish muddati ham 1-oktyabrgacha uzaytirildi.

 

Yettinchidan: shu yil yakuniga qadar un, oʻsimlik yogʻi, goʻsht va sut mahsulotlari, shakar, shaxsiy-gigiyena vositalari kabi asosiy isteʼmol tovarlarini import qilishda bojxona boji va aksiz soligʻi undirilmaydi. Shuningdek, joriy yil mart-iyun oylarida muddati tugaydigan 4 ming 980 bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishlash nafaqasi va moddiy yordamlarni toʻlash uchun qoʻshimcha murojaat va hujjatlar talab etilmay, ular avtomatik tarzda 6 oydan 1 yilgacha uzaytirildi. Mazkur choralar orqali viloyatda yana 3 ming 689 kam taʼminlangan oilalar qamrab olinadi.

 

Bundan tashqari 226 nafar yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga 18 turdagi asosiy oziq-ovqat va shaxsiy-gigiyena mahsulotlari bepul yetkazib beriladi.

 

Sakkizinchidan: karantin davrida uy sharoitida rivojlantirish mumkin boʻlgan faoliyat turlari yana-da qoʻllab-quvvatlanadi. Jumladan, viloyatda faoliyat yuritayotgan 650 dan ortiq hunarmandchilik bilan shugʻullanuvchilar, faoliyatini rivojlantirish uchun qoʻshimcha mablagʻlar jalb qilinadi.

 

Murojaatdan kelib chiqqan holda hozirgi tahlikali vaziyatda hammamiz hamjihat boʻlib mirishkor dehqonlarimiz, aholimiz oʻz tomorqalarida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha koʻklamning har daqiqasini gʻanimat bilib, vaqtdan unumli foydalanish kerak. Zero, yurtimizda karantin tartiblari oʻrnatilgan, va bunga amal qilish lozim, ammo qishloq xoʻjaligi ishlari qarab turmaydi, hayot davom etadi. Shunday ekan, har birimiz mavjud voqelikni toʻgʻri anglagan holda yurtimiz iqtisodiyoti rivojiga oʻz hissamizni qoʻshmogʻimiz shart.

 

Shu oʻrinda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha respublikada Boyovut namunasi tashkil etilayotgani biz sirdaryoliklarga juda katta masʼuliyat va javobgarlik hissini yuklaydi.

 

Demak har birimiz u rahbarmi, oddiy ishchimi kim boʻlishidan qatʼiy nazar kasallikni oldini olish boʻyicha karantin qoidalari asosida barchamiz birlashib, hamjihatlikda poklik, tozalik, ozodalikni kunimizning asosiy maqsadiga aylantirib, qatʼiy tartib-intizom bilan qadriyatlarimizga amal qilsak, Yurtboshimizning “...men ana shunday mard va matonatli, mehr-oqibatli xalqimizning aql-zakovatiga, uning metin irodasiga va qatʼiyatiga toʻla ishonaman”, deya bildirgan ishonchlarini oqlagan boʻlamiz.

 

Gʻofirjon MIRZAYEV,

Sirdaryo viloyati hokimi

06.04.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar