2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Navro‘z – insoniyatning boqiy merosi

Ko‘pincha Navro‘z yaqinlashgani sari “bu bayramni arablar ham, mo‘g‘ullar ham yo‘qota olmagan” degan fikrlarni o‘qib qolamiz. Hoy, baraka topgurlar, arablar ham, mo‘g‘ullar ham Sharq xalqlarining bahoriy teng kunlik bayramini taqiqlamagan. Navro‘zni taqiqlashga hatto sovet rahbarlari ham ochiqchasiga urinib ko‘rmagan.

Faqat o‘tgan asrning 80-yillarida ayrim kaltafahm kishilar tomonidan Navro‘zga diniy bayram degan tamg‘a bosilgan va uni cheklashga uringan. Sovet hukmronligi davrida Navro‘zga rasman diniy urg‘u berilmagan, ammo shu bilan birga rag‘batlantirilmagan. Odamlar esa ayrim diniy marosimlarni Navro‘zga bog‘lab talqin qilib kelgan. Deylik, sumalak Bibi Fotima onamizga nisbat berilgan holda ta’riflanishini o‘tgan asrning 90-yillarida yozilgan maqolalarda uchratish mumkin.


Navro‘zning qachon va qanday vujudga kelganini aniq aytish qiyin. Shunday bo‘lsa-da, bu bayram dono va zukko ajdodlar tomonidan kashf qilingan, deya olamiz. Chunki Navro‘z koinot va tabiat qonuniyatlari, ya’ni quyoshning hamal burjiga kirishi, kecha va kunduzning tenglashishi, tabiatning uyg‘onishi bilan bog‘liq tarzda ilmiy asoslanib belgilangan. Bu esa har qanday jamiyatda “yil boshi” (qachon kelishidan qat’i nazar) Navro‘zni tabiat bayrami sifatida nishonlash uchun asos bo‘lgan.

Aslida Navro‘z juda qadim davrlarda odamlar yangi dehqonchilik mavsumi boshlashdan oldin o‘tkazadigan bahor bayrami sifatida paydo bo‘lgan. Zamonlar o‘tishi bilan bayram takomillashib, unga mos kun aniqlangan. U “yil boshi” sifatida belgilanib, unga Navro‘z, ya’ni “Yangi kun” deb nom berilgan.

Sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi Markaziy Osiyo xalqlari tabiat qonunlariga katta ahamiyat qaratgan, quyosh va oy harakatlarini kuzatgan. Shu tariqa tabiatda kechadigan o‘zgarishlarning mohiyatini anglashga uringanlar. Har yili 21-martda kun va tun teng kelishini aniqlashgan. Bu borada buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida kengroq ma’lumot berilgan. (Bu asar o‘tgan asrning 60 yillaridan beri biror marta nashr qilinmagan. Mazkur asarni qayta nashr qiladigan vaqt etib keldi, deya o‘ylaymiz).

Gap shundaki, biz bahorgi tengkunlik – Navro‘zga alohida urg‘u beramiz. Ammo nima uchundir kuzgi teng kunlik – 21-sentyabrdan 22-sentyabrga o‘tar kechasiga to‘g‘ri keladigan Mehrjonga deyarli ahamiyat berilmaydi. 

To‘g‘ri, hozir Mehrjon – hosil bayrami Navro‘zchalik nishonlanmaydi, ammo qadimda uning mavqei Navro‘zdan kam bo‘lmagan. Eng qizig‘i, Yaponiyada kuzgi tengkunlik rasmiy bayram hisoblanib, 1878 yildan boshlab nishonlab kelinadi. Meksikada, hatto Armanistonda ham kuzgi tengkunlikda turli tadbirlar o‘tkaziladi. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Mehrjon haqida ham qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Asarda ta’kidlanishicha, turli xalqlar orasida kuzgi tengkunlik hosil yig‘ish, qishga tayyorgarlik sifatida nishonlangan. Shuningdek, kuzgi tengkunlik astrologiyada yil davomidagi eng qudratli kuchlardan biri namoyon bo‘ladigan palla hisoblanadi.

Shuningdek, tun qisqarib, kunlar uzayadigan 22-dekabr va kun qisqara boradigan 22-iyunga ham ko‘pchilik e’tibor bermaydi. Shimoliy yarim sharda bahor faslining boshlanishi deb quyoshning bahorgi kun-tun tengligi nuqtasidan o‘tish vaqti (21-22-mart); yoz faslining boshlanishi deb quyoshning yozgi turish nuqtasidan o‘tishi (21-22-iyun); kuz faslining boshlanishi deb – quyoshning kuzgi tengkunlik nuqtasidan o‘tishi (22-sentabr) va qishning boshlanishi deb – quyoshning qishki turish nuqtasidan o‘tishi (21-22-dekabr) kunlari qabul qilingan.

Bularning hammasi tabiat qonunlari bo‘lib, biror-bir dinga aloqasi yo‘q. Shuningdek, internet sahifalarida, ayrim olimlarning asarlarida Navro‘z va Mehrjon zardushtiylarning bayrami sifatida talqin qilinadi. Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Shuningdek, Navro‘z Xurosonda paydo bo‘lgan, degan fikrlar ham noto‘g‘ri. Navro‘z (Yangi kun) so‘zining forscha ekani bois bu bayram bir xalqqa tegishli deyish noto‘g‘ridir. Chunki Navro‘z sug‘orma dehqonchilik bilan bevosita bog‘liq bayram. Qadimdan kelayotgan odatga ko‘ra Navro‘z nishonlanishiga qadar xalqimiz o‘z uylarini, hovlilarini tozalashgan. 
Navro‘z insoniyatning eng qadimiy bayramlaridan biri bo‘lib bir necha ming yillardan beri o‘zbekning o‘zligini namoyon etib kelayotgan qadriyatidir. Ma’lumki, Navro‘z Sharq xalqlarida insoniylik, mehr-muruvvat, mehnatsevarlik, sabr-toqat kabi qadriyatlarni namoyon etgan holda nishonlanadi.

Bolalik davrlarimda qishlog‘imizda Navro‘z nishonlanar ekan, kechasi bilan ayollar sumalak pishirib, ertalab dasturxonga tortishardi. Sumalak pishirish ham bayramga aylanardi. Hamma topganini o‘rtaga tashlardi, tongga qadar kuy-qo‘shiq ijro etilib, o‘yin-kulgi bo‘lardi. Yosh kelinlar keksalarning xizmatida bo‘lishardi. “Kelin salom”lar aynan Navro‘z kunlari o‘tkazilardi.

Ma’lumki, Ramazon va Qurbon hayitlarida qizlar kelin ko‘rishga boradi. Bu odat islom dinida yo‘q. Qishlog‘imizdagi urf-odatlarni va tarixni o‘rganib shunday xulosaga keldimki, qadimda qizlarning “kelin ko‘rar”i aynan Navro‘z va Mehrjon kunlariga to‘g‘ri kelgan. Nima uchundir Navro‘z bayramlarida (ayniqsa, o‘quv yurtlarida) turmushga chiqmagan qizlarning kelin rolida chiqishini qabul qila olmayman. O‘sha qizlar o‘rniga kelinlar chiqib, salom bergani yaxshi emasmi? 

Navro‘z xalqlar o‘rtasidan munosabatlarni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etgan. Bu bayram insoniyat o‘zligini ilk bor namoyon eta olgani bilan ham ahamiyatlidir. Navro‘z bayrami 21 martdan boshlanib bir necha kunlab davom etgan.

2009-yil 30-sentyabr kuni YuNESKO Navro‘zni insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritgan edi. Qaror tashkilotning nomoddiy merosni saqlash hukumatlaroro qo‘mitasining 24 nafar a’zosi tomonidan tasdiqlandi. 2010-yil 19-fevral kuni BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasi 21-martni “Xalqaro Navro‘z kuni” sifatida nishonlash to‘g‘risidagi qarorni bir ovozdan qabul qildi. Bu haqdagi rezolyutsiyada mazkur bayram madaniyatlararo muloqot va o‘zaro tushunishni rag‘batlantirishi ta’kidlanadi.

Shu tariqa Navro‘z biror-bir millat yoki madaniyatning bayrami sifatida emas, balki butun insoniyat merosining bir qismi sifatida nishonlanmoqda.
Endilikda sayyoramizda istiqomat qiluvchi har bir inson xalqaro bayramning to‘laqonli ishtirokchisiga aylanadi. Navro‘z yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik, hamkorlik, madaniyatlararo muloqotlarni rag‘batlantirishga xizmat qilishi shubhasiz. 
 

20.03.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar