Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida “Har bir yoshga – bir gektar” loyihasi doirasida “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli bo‘lgan lalmi yerlardan 65 nafar band bo‘lmagan ishsiz yoshlarga bog‘dorchilik, dehqonchilik qilishlari uchun bir gektardan yer maydoni ajratib berildi.
Yoshlarga yer ajratish jarayonida maxsus texnikalar orqali yerlar haydatilib, ekinga tayyor holda keltirildi hamda tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari tomonidan yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, dehqonchilik ishlarini olib borishdagi tegishli ko‘nikma va tavsiyalar berildi.
– Yoshlarga qaratilayotgan bunday e’tibordan juda mamnunmiz, – deydi Yakkabog‘ shahridagi “Jambil” mahallasida istiqomat qiluvchi Sh.Meyliev. – Kelajakda ajratilgan yerdan oqilona va samarali foydalanib, oilamizdagi ish bilan band bo‘lmagan aka-ukalarimizni, tengdoshlarimizni ham foydali mehnatga jalb qilamiz. Dehqonchilik, bog‘dorchilik mahsulotlarini etishtirib, bozorlarimiz to‘kinligiga hissa qo‘shamiz.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |