2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bir yilda 941 ming 256 murojaat koʻrib chiqildi

Ilgari shuncha murojaatni koʻrib chiqish uchun qancha vaqt va qogʻozbozlik talab qilinganini bugun tasavvur qilish qiyin. Yoki fuqaro bitta arizasi ijobat boʻlishi uchun nechta idora orasida sarson boʻlgan. Yuridik shaxsning arzimagan muammosi vazirliklargacha boʻlgan instansiyalarda oylab, hatto yillab yechimini kutib yotganini boshiga tushgan kishi juda yaxshi biladi.

Shu paytgacha davlat bilan xalqni bir-biridan ajratib turgan koʻrinmas devorni buzib tashlash, demokratik islohotlarda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyil asosida tub burilish yasash yoʻlidagi saʼy-harakatlar bu borada chirkin amaliyotlarga barham berdi. Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilishi davlat organlarining xalqchil boʻlishini taʼminlashga qaratilgan muhim amaliy qadamlardan biri boʻldi. Mazkur tizim oʻtgan qisqa davr ichida erishilgan natijalar bilan oʻz istiqbolini yorita oldi.

Buni Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi va uning joylardagi markazlari faoliyati misolida koʻrish mumkin.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar turi 130 tadan ortdi. Boshqarma va uning tizimidagi tuman, shahar davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2019-yilda yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlar asosida 941 ming 256 davlat xizmati koʻrsatildi. Shundan, 27 ming 852 tasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boʻlsa, 913 ming 404 tasi davlat xizmatlari sohasiga toʻgʻri keladi.

Taʼkidlash joizki, bunday yuqori koʻrsatkichlarga erishishda viloyatning olis va chekka qishloqlari, borish qiyin boʻlgan hududlarda sayyor davlat xizmatlari koʻrsatish amaliyoti joriy qilingani ham muhim rol oʻynamoqda. Oʻtgan yilda maʼmuriy markazdan uzoq hududlarda aholi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlar uchun tashkil etilgan 800 dan ziyod sayyor qabulda 151 ming dan koʻproq fuqaro qamrab olinib, ularning murojaatlari boʻyicha tegishli davlat xizmatlari koʻrsatildi. Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Mehnat kodeksida belgilangan ish vaqtidan jadval asosidagi navbatchilik tartibida ham xizmat koʻrsatilayotgani tizim samaradorligini oshirmoqda.

Davlat xizmatlari markazlarida onlayn navbat joriy etilgani, yaʼni masofadan turib navbatga yozilish va belgilangan summani toʻlagan holda navbatsiz xizmatdan foydalanish imkoniyatlari yurtdoshlarimiz vaqtini tejash, asabbuzarliklar, turli tartibsizliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

– Faoliyatimizda davlat boshqaruvi idoralari, tashkilot va muassasalar, korxonalar maʼmuriyati tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha murojaatlar koʻrib chiqilishida qonunbuzarliklarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda, – deydi Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshligʻi D.Ismoilov. – Bu borada mutasaddilarga vakolatimiz doirasida tegishli choralar koʻrib borilmoqda. Birgina 2019-yil mobaynida davlat xizmatlari koʻrsatuvchi vakolatli organlar tomonidan 15 mingdan ortiq qonunbuzilishga yoʻl qoʻyilgan. Ular yuzasidan tegishli choralar koʻrildi. Jumladan, fuqarolarning huquq va manfaatlari suiisteʼmol qilingan holatlar boʻyicha 286 taqdimnoma va ogohnoma kiritilib, 230 masʼul shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylashtirildi. Shuningdek, 35 shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Tahlillarga koʻra, aniqlangan qonunbuzilish holatlarining 1 ming 909 tasi muddat buzilishi, 12 ming 494 tasi toʻgʻridan toʻgʻri davlat xizmatlari koʻrsatilishi, 654 tasi vakolatli organlar tomonidan ortiqcha hujjatlar talab qilinishi, 13 tasi boshqa qonunbuzarliklarga toʻgʻri keladi. Mazkur holatlar yuzasidan aybdor mutasaddilarga nisbatan maʼmuriy choralar koʻrildi.

Ayni paytda boshqarma tomonidan Prezidentimizning 2020-yil 31-yanvardagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash borasida tuman va shaharlarda oʻrganish olib borilmoqda. Oʻrganishlar yakuni boʻyicha ayrim mahallalarda infokioskalar tashkil qilindi. Shuningdek, Pop tumanining Chodak hamda Chortoq tumanining Baliqli koʻl mahallalarida markaz shoxobchalari ochish koʻzda tutilgan.

Farmonga muvofiq, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga oʻtkazildi. Shu munosabat bilan agentlikka mazkur tizimni yuritish va uni yuridik shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilish hamda idoralararo hamkorlikni bepul taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklatildi. Shuningdek, mahallalarda yuridik shaxs tashkil etmagan holda DXMlar filiallari bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Filiallar mahallalarning fuqarolar yigʻinlari binolarida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi. 2021-yil 1-yanvardan davlat xizmatlari aholi gavjum boʻlgan va jamoat joylarida oʻrnatiladigan infokioskalar orqali oʻziga oʻzi xizmat qilish tamoyili asosida koʻrsatiladi.

11.02.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar