2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Odamiylikning oliy mezoni

Respublika mahallalar kengashi raisi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rahmat Mamatov va Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Azizbek Ikramovlar tomonidan Zangiota tumanidagi qator mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, oilalar va mahallalarda uchrayotgan salbiy holatlarning oldini olish borasida tashkilotlararo hamkorlikning amaldagi natijalari manzilli tarzda o‘rganildi.

Oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan har bir holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borilib, ushbu holatlarning sabab va oqibatlari batafsil tahlil etildi. Oilalar va mahallalar bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, bir nechta ehtiyojmand oilalarga kirilib, bevosita muloqotlar qilindi, muammolari o‘rganilib, bartaraf etishga ko‘maklashildi.

Tumanning “Eshonguzar” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Ma’murjon Azizov II-guruh nogironi. Kichik hovlida ikki ukasi va ularning oilasi bilan birga yashaydi. Unga Ishchi guruh tomonidan oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlari berildi.

Yana bir yurtdoshimiz – “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Yangiovul ko‘chasida yashovchi Ikrom Abeshov ham II-guruh nogironi. Uch oila joylashgan xonadonga kirib kelishingiz bilan uyning holatidan dilingiz xufton bo‘ladi. Yaqinda insultga uchragan Ikrom aka shiftga termulgancha unsiz dard chekib yotibdi.

Unga nogironlik aravachasi sovg‘a qilish uchun bemor yotgan xonaga kiramiz. Bolalikdan so‘zlash imkoniyatidan mahrum Ikrom akaning ustiga ustak yaqinda insultni boshidan o‘tkazgani uning yaqinlarini ham qiyin ahvolga solib qo‘ygan. Nochor oilaning, mushtipar opasi – Gulnoza Abishevaning ukasini shifokorlarga ko‘rsatishga, davolatishga na imkoniyati, na puli bor.

– Mana yaqinda ham ukamni davolatish maqsadida tuman kasalxonasiga olib bordim, – deydi G.Abisheva. – Ammo u erda hech kim bizga jiddiy e’tibor bermadi. Va oxiri ukamni yuragini o‘zimni mablag‘im hisobidan MRT tekshiruvidan o‘tkazib kelishimni aytishdi. O‘zingiz o‘ylang, ukamning 480 000 so‘m nogironlik nafaqasini qaysi biriga etkazay? Kundalik dorilargami, har kunlik tagliklargami yoki kasalxonada davolanishgami? Imkoniyatim yo‘qligi sababli tilxat yozib, ukamni shifoxonadan qaytarib olib keldim. Shundan beri uyda yotibdi.

Respublika mahallalar kengashi boshqaruvi raisi R.Mamatov tomonidan tuman mahallalar kengashi boshqaruvi raisi, tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, fuqarolar yig‘ini raisi va boshqa mas’ullarning faoliyati ushbu xonadon misolida jiddiy tanqid qilindi. Fuqaro I.Abeshov davolanish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirildi hamda dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi.

Hozirda 83 yoshni qarshilagan “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Behizor ko‘chasida istiqomat qiluvchi Qumri aya Qosimova ham insultga chalingan. II guruh nogironi Qumri aya mutasaddilar tomonidan sovg‘a qilingan nogironlik aravachasini ko‘rib behad quvondi. Dilidagi shukronalik tiliga ko‘chdi. Aya duoga qo‘l ochdi.

05.02.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar