2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi sayyor qabulda yuzdan ziyod fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot qildi

Noyabr oyida qat’iy reja asosida shahar va tumanlarda xalq bilan muloqotda bo‘lib kelayotgan Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov navbatdagi sayyor qabulini Namangan shahridagi 3-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internetida o‘tkazdi.

Uch soat davom etgan sayyor qabulda viloyat rahbari Namangan shahri va unga yondosh tumanlardan qabulga yozilgan 100 dan ziyod fuqaroning arzi-holini tingladi. Ish, uy-joy bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha arizalar, kommunal va tibbiy xizmat hamda boshqa maishiy-ijtimoiy sohalardagi muammolar yuzasidan qilingan shikoyatlarning ko‘pi shu joyning o‘zida tegishli soha mutaxassislari ishtirokida o‘rganilib, murojaatchining haqli talabi qondirilishi choralari ko‘rildi.

Jumladan, qabulga Uychi tumani Yorqo‘rg‘on qishlog‘idan kelgan fuqaro M. Mirzarahmonova viloyat rahbariga turmush o‘rtog‘ining salomatligini tiklash borasida yordam so‘rab murojaat qildi. Quymich suyaklari emirilishidan aziyat chekayotgan bemorning murakkab operatsiyasi uchun 30 million so‘m miqdorida mablag‘ topish masalasi ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. Shuningdek bemor guruh nogironi sifatida ro‘yxatga olinadigan bo‘ldi.

- Turmush o‘rtog‘im bir yildan beri shu darddan aziyat chekadi, - deydi M. Mirzarahmonova. - Oxirgi paytlarda qo‘ltiqtayoq bilan yuradigan bo‘lib qoldilar. Yaxshilab davolashga qo‘limiz kaltalik qilayotgani sabab hokimga murojaat qilishga majbur bo‘ldik. To‘g‘ri, hokimning ham ishi va tashvishi etarli, bizga o‘xshab murojaat qiladiganlar ham oz emas. Biroq, u kishi dardimizni tinglaganlari ko‘nglimizni tog‘dek ko‘tardi, umid bag‘ishladi, ishonamanki bugungi qabul bizning muammomizga barham beradi.

 Qishning qirovli kunlari eshik qoqmoqda. Bu pallada gaz ta’minoti bo‘yicha murojaatlar ko‘payishi tabiiy. Aynan shu masalada murojaat qilib Dashtbog‘ mahallasidan kelgan fuqarolarning arzi ham tegishli tartibda ijroga qaratildi.

- G‘irvonsoy ko‘chasidagi ko‘p qavatli 16-uyda yashovchilarning shikoyatlari, e’tirozlari asosli, - deydi Namangan shahar gaz ta’minoti korxonasi mutasaddisi O. Ismailov. -Muhandis va mutaxassislarimiz borib joydagi vaziyatni o‘rganadilar va gaz ta’minotidagi muammoni ijobiy hal etishga harakat qilamiz.

 Shuningdek, qabulda “Men moddiy yordam so‘ramoqchi emasman, agar bitta tikuv mashinam bo‘lsa, men ro‘zg‘orga etarli pul topa olardim” deb murojaat qilgan Majnuntol mahallasida yashovchi N. Xudoyberdieva ham muloqotdan mamnun holda uyga qaytdi. Unga homiylik yordami sifatida tikuv mashinasi olib beriladigan bo‘ldi.

Sayyor qabulda qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘rganilishi lozim bo‘lgan bir qator muammolar chora ko‘rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, nazoratga olindi. Shuningdek sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga doir masalalar ham joyida soha mutasaddilariga yo‘naltirildi.

 

23.11.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar