2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ozodlik uchun kurashgan insonlar xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashaydi

Xalqimiz tarixning har qanday toʻfon va suronlariga qaramasdan, milliy oʻzligi va azaliy qadriyatlarini saqlab qolib, bugungi dorulomon zamonlarga bezavol yetib kelishida uning qon-qoniga singib ketgan maʼnaviy jasorat tuygʻusi muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbek xalqi boy tarix, yuksak madaniyat, buyuk maʼnaviyat vorisidir. Shu maʼnoda oʻtgan asr boshlarida, tariximizning ogʻir va murakkab davrida maydonga chiqqan jadid bobolarimizning fidoiyligi zamirida ham ana shunday jasorat namunasi mujassam. 

El-yurtimiz ozodligi yoʻlida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusi, milliy qadriyatlarimizni himoya qilishda, mustamlakachilikka qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon boʻlgan yurtdoshlarimiz xotirasi avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi. Mustabid tuzum davrida million-million begunoh insonlar umri xazon boʻlganini, qancha-qancha oilalar xonavayron boʻlib, qancha-qancha goʻdaklar yetim qolganini tarix, bugungi va kelajak avlod hech qachon unutmaydi. 

Xalqimizning ana shunday fidoyi va matonatli oʻgʻil-qizlarining xotirasini eslash, haqiqat va adolatni tiklash, zamondoshlarimiz, xususan, oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida oʻtganlar xotirasiga hurmat-ehtirom tuygʻularini yuksaltirish maqsadida 2001-yildan buyon har yili 31-avgust mamlakatimizda Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanadi. 

31-avgust. Erta tong. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida oʻtkazilgan xalqimiz ozodligi va yurtimiz mustaqilligi yoʻlida qurbon boʻlgan marhumlarni yod etish marosimida ishtirok etdi. 

Anʼanaga koʻra osh tortildi. Qurʼon tilovat qilinib, qatagʻon qurbonlari ruhiga hurmat bajo keltirildi. 

Qurbon boʻlganlarning nomlarini qayta tiklash, xotirasini abadiylashtirish maqsadida poytaxtimizda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui va “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi bunyod etilgan. 

Muzey 2008-yilda qayta taʼmirlanib, kengaytirilgan va ekspozitsiya zallari 3 taga yetkazilgan. 2008-yili muzey ekspozitsiyasi yangilangan. Muzey ekspozitsiyasi 10 ta boʻlimdan iborat boʻlib, 14 ming 665 ta eksponatni oʻz ichiga oladi. Ayni paytda mingga yaqin tarixiy ashyo ekspozitsiyada namoyish etilmoqda. Ularning 50 ga yaqini noyob eksponat hisoblanadi. Muzey zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. Har yili muzeyga oʻrtacha 50 ming ziyoratchi, asosan yoshlar tashrif buyurmoqda. Germaniya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Jazoir va boshqa mamlakatlaridagi tegishli muassasalar bilan ilmiy hamkorliklar yoʻlga qoʻyilgan. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ajdodlarimizning Vatan tinchligi va ozodligi yoʻlidagi kurashi bugungi kun yoshlari uchun ibrat maktabi ekanligi inobatga olinib Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylari tashkil etildi. 

Bu muzeylar yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda maʼrifatparvar ajdodlar bilan faxrlanish tuygʻusini shakllantirish, yoshlarning el-yurt uchun munosib farzandlar boʻlib ulgʻayishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Prezidentimiz xiyobondagi ramziy qabr yonida nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan suhbatlashdi. 

Fidoyi va vatanparvar bobolarimizning hayoti va merosini oʻrganish, xotirasini abadiylashtirishga katta eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi. Mamlakatimizdagi tinchlik, erkinlik va toʻkinlikning qadriga yetish, diling Ollohda, qoʻling mehnatda boʻlsin degan gʻoyaga amal qilib, hamma sohalarni rivojlantirishga intilish, yoshlarni keng dunyoqarashli, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash muhimligi taʼkidlandi. 

Bugungi yorugʻ va dorilamon kunlar yoʻlida qurbon boʻlganlar ruhini shod etish, tinchlik-osoyishtalikning qadriga yetish bizga katta quvvat bagʻishlaydi, ruhiyatimizni poklab, yangi-yangi bunyodkorlik ishlariga chorlaydi. Zero, ozodlik uchun kurashgan insonlar xotirasi hech qachon unutilmaydi, xalqimiz qalbida mangu yashaydi.

 

Umar ASROROV, OʻzA

31.08.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati

Foydali resurslar