2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Uyma-uy yurishning xosiyati

Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli viloyatning Bekobod shahrida bo‘lib o‘tdi.

Bekobod shahri aholisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda 40 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida ushbu hududdagi Buloq-ariq MFYda qad ko‘targan yangi 4-sektor shtab binosi ochilib, aholi ixtiyoriga topshirildi. Shundan so‘ng, Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i uyma-uy yurib, aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar bilan tanishdi. Yo‘llarni asfaltlash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi qator masalalar yuzasidan fikrlar almashildi

Sayyor uchrashuvda aholidan kelib tushgan 14 ta murojaatlarining aksariyati ishga joylashish, tadbirkorlik uchun yer ajratish, gaz, elektr va suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, kredit, soliq sohasiga oid bo‘lib, ularning 7 tasi joyida ijobiy hal etildi. Yechilmay qolgan muammolar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yuborildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarni belgilangan tartibda hal etilishi va amaliy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan 15 kun ichida shaxsan hisobot berish vazifasi bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.
.
-Bekobod shahri Toshkent viloyatining eng chekka hududlaridan biridir, bugun 4-sektor rahbarining o‘zlari bizning xonadonimizga ham tashrif buyurdi-deydi, Tinchlik MFY 3-daxa, 2-uy, 3-xonadonda istiqomat qiluvchi Gulnoza Ashurova. Ular yashash tarzimiz bilan yaqindan tanishib, ishga joylashishim bilan bog‘liq muammoni hal qilib, berdilar. Shuningdek, oilamiz uchun mikroto‘lqinli pech ham sovg‘a qildilar. Fursatdan foydalanib, biz kabi ijtimoiy ko‘makka muxtoj aholi dardini eshitib, ularni bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatayotgan 4-sekor rahbari va mutasaddilarga minnatdorlik bildiraman

Sayyor qabulda Buloq-ariq MFY tor Istiqlol ko‘chasida yashovchi Sarviniso Xolmatova Istiqlol ko‘chasida yomg‘irli ob-havoda yo‘llarda suv to‘planib qolishi oqibatida aholi va avtomashinalarning harakatlanishiga qiyinchilik tug‘dirayotganligi masalasida murojaat qildi.

Toshkent viloyat davlat soliq boshqarma boshlig‘i, 4- sektor rahbari va Bekobod shahar DSI boshlig‘i tomonidan bu masalasida joyida o‘rganilib, ko‘chaga shu kunning o‘zida shag‘al to‘kilib, tekislandi. 

Shuningdek, Salomatlik ko‘chasi 17-uy, 5-xonadonda yashovchi ijtimoiy ta’minotga muhtoj, nogironligi bo‘lgan Kim Aylitaning yashab turgan xonadoni va kirish yo‘laklarini 4-sektor ishchi guruhi tomonidan ta’mirlab berilayotganligini ham guvohi bo‘ldik. 

Muxtasar aytganda, har bir murojaat ortida bir yoki bir necha kishining buzilgan haq-huquqini tiklash, adolatni qaror toptirish istagi, qiyin vaziyatdan chiqishda boshqalarning ko‘magiga muhtojlik yotadi. Bunday holatdagi odamlarga yordam berish, har bir kishining insoniy burchidir.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi 
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy ahborot sho‘’basi

29.08.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar