2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
5 ta muhim tashabbus doirasida maktabga musiqa asboblari va sport anjomlari berildi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlab “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tuman hokimligi va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamkorligida tashkil etgan tadbir tuman markazidagi “Motamsaro ona” haykali hamda davlat va jamoat arbobi, atoqli adib Sharof Rashidov byusti poyiga gullar qo‘yish bilan boshlandi.

 

photo5415725324286667794.jpg

 

Tadbir doirasida Uchtepa shaharchasida “Kitob olami” do‘konining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kitob do‘koni shu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tuman “Elektron xalq kutubxonasi” yonida ochilgani kitobxonlarga katta qulaylik yaratdi. Tadbir ishtirokchilari kitoblar ko‘rgazmasi, “Elektron xalq kutubxonasi” faoliyati bilan tanishdi.

 

Tumanning “Toshkentlik” mahallasida yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvatlashga qaratilgan badiiy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.

 

Tadbirda tumanda yashab o‘tgan fidoyi insonlar xotirasiga bag‘ishlab chop etilgan “Qalblarda yashayotgan odamlar” xotira kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda so‘z olganlar ushbu tumanda tug‘ilib, yetishib chiqqan Sharof Rashidov, Hamid Olimjon, xalq hofizi Orifxon Hotamov, mashhur paxtakor Hamroqul Nosirov, Zokir Normatov va boshqa taniqli kishilar hayoti haqida ushbu kitobning yaratilishi xayrli ish bo‘lganini qayd etdi.

 

Kechada xotira kitobiga kiritilgan shoirlarning she’rlaridan namunalar o‘qildi, bastakorlarning kuy va qo‘shiqlari ijro etildi. Kitobdagi qahramonlarning farzandlari, jamoatchilik vakillari ular haqidagi xotiralarni yodga oldi.

 

photo5415725324286667793.jpg

 

– Xotira to‘plamining chop etilishi samarali mehnati, ilmiy, ijodiy, jamoatchilik faoliyati bilan xalqimiz yodida mangu qolgan insonlar xotirasiga elimizning hurmati ifodasi bo‘ldi, – deydi O‘zbekiston qahramoni Marat Zokirov. – Kitob faqat xotiragina emas, yoshlarning vatanimiz tarixi, otalarimiz hayotini o‘rganishda ham muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

 

Tadbirda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tumanning 4 ta sektorida tashkil etilgan tayanch umumta’lim maktablariga tuman hokimligi va homiylar tomonidan musiqa asboblari, sport anjomlari topshirildi.

 

Taniqli san’atkorlar, tumandagi umumta’lim maktablarining badiiy havaskorlik jamoalari, jumladan, besh tashabbus asosida tashkil etilgan tuman dutorchi qizlar ansamblining konsert dasturi namoyish etildi.

 

Tadbir tuman bo‘ylab ekskursiya bilan yakunlandi. Poytaxt va boshqa viloyatlardan kelgan mehmonlar tumanning diqqatga sazovor joylarida bo‘lib, keyingi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 

T.BEKNAZAROV, J.YoRBEKOV (surat), O‘zA

27.08.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar