2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Toshkent viloyatida sayyor qabul: 80 ga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatildi

Bugungi kunda fuqarolarning dardu-tashvishini eshitish, turli-xil muammoli masalalarga qonuniy echim topish, shuningdek, ularga har tomonlama ko‘maklashib, har bir shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat organlari va tashkilotlarining eng ustivor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Bu borada adliya organlarida ham murojaatlarni ko‘rib chiqilishini ta’minlashda “har bir murojaat ortida inson manfaati” printsipi asosida aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, hududlarda uyma-uy yurish hamda ommaviy sayyor qabullarni tashkil etish orqali dolzarb va tizimli muammolarni aniqlash va ularni hal etishga qaratilgan o‘ziga xos samarali mexanizm yo‘lga qo‘yilgan.

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilib, kelinmoqda.

Birgina, o‘tgan 2019-yilning I yarim yilligi davomida 4188 ta murojaatlar qabul qilindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,5 barobar ko‘p. Qabul qilingan murojaatlarning 2214 tasi yoki 63 foizi qanoatlantirildi.

Murojaatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarga 19,7 mlrd. so‘mlik 394 ta da’vo arizalari kiritilib, aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 532 ta taqdimnoma kiritildi. Buning natijasida 456 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi. Shuningdek, 164 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Shu o‘rinda, boshqarma tomonidan murojaatlarni joyiga chiqqan holda, sayyor qabullar orqali qabul qilish amaliyoti keng yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, o‘tgan davrda sayyor qabullarda 1301 ta murojaatlar qabul qilinib, ularning 852 tasi qanoatlantirilishiga erishilgan.

Joriy yilning 6-8-avgust kunlari joylarda aholini qiynab kelayotgan hamda ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘layotgan dolzarb muammolarni aniqlash hamda ularni tezkor hal etish maqsadida Adliya vaziri o‘rinbosari X.Melievning Toshkent viloyatining Bekobod, Quyichirchiq, Bo‘stonliq tumanlarida sayyor qabullari bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabullarda 450 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, ulardan jami 275 ta murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlar mazmuniga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga egalik huquqini olishda, kasalligi bo‘yicha tibbiyot muassasalariga, sihatgohlarga yo‘llanma ajratilishida, moddiy yordam ko‘rsatishda, ishga joylashtirishda, tadbirkorlik faoliyatini boshlashda kredit mablag‘larini ajratilishida amaliy yordam berish, kommunal soha, yo‘l qurilishi masalalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining harakatlaridan, qurilgan turar va noturar joylar buzilishi oqibatida tegishli tovon pullari masalalari hal etilmay kelinayotganligidan noroziligi va boshqa masalalarni tashkil etdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 145 tasi shu qabul kunining o‘zida qanoatlantirildi.

Shuningdek, qabullar jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi.

Xususan, “Ijtimoiy himoya” nodavlat notijorat tashkiloti mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 15 nafar shaxsga nogironlik aravachasi, 12 nafar fuqaroga eshitish moslamasi, 4 ta fuqaroga tikuv mashinasi, 3 ta fuqaroga ikki mln. so‘mdan moddiy yordam pullari ajratildi.

Bundan tashqari, 30 nafar fuqarolarga kassaligi bo‘yicha tibbiyot muassasalarida imtiyozli asoslarda da’volash uchun orderlar, 15 nafariga respublikaning turli sihatgohida muolaja olish uchun yo‘llanmalar berilib, 38 nafar shaxs kasbi va mutaxassisligi bo‘yicha tashkilot va korxonalarga ishga joylashishi yuzasidan tegishli buyruqlar qabul qilinishiga erishildi.

Shular bilan birgalikda 43 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorati tegishli komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lishiga qaramay, tuman hokimining qarori chiqmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaatlari bo‘yicha shu kunning o‘zida tuman hokimlarining turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha qarorlari chiqishi ta’minlandi.

Qabullar jarayonida bir guruh fuqarolarning qurilgan uy-joyi buzilganligidan noroziligi hamda tovon puli masalasi hal etilmay kelinayotganligi xususidagi murojaatlari Adliya vazirligi va viloyat adliya boshqarmasi mas’ullari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Uch kun mobaynida o‘tkazilgan sayyor qabullarda kelib tushgan 129 ta murojaatlar qo‘shimcha o‘rganilishi munosabati bilan tegishli mas’ullar biriktirilib, murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga qonunan yondashish, pirovardida ijtimoiy adolatni qaror toptirishga xizmat qilish, bu masalada har bir rahbar va mansabdor shaxs chuqur mas’uliyat his etishi zarur – zero har bir murojaat ortida inson manfaati turadi.

19.08.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar