2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yangilanayotgan Yangiqoʻrgʻon

Namangan viloyatining shimolida, togʻlar etagida joylashgan Yangiqoʻrgʻon musaffo iqlimi, zilol chashmalari, bepoyon bogʻu rogʻlari, mehmondoʻst, mehnatkash aholisi bilan nafaqat viloyatda, balki respublikada ham oʻz oʻrniga ega tumanlardan biridir.

Tumandagi 71 ta mahallada salkam 209 ming kishi yashaydi. Ularning turmush darajasini yaxshilash, farovonligini oshirish, kam taʼminlangan qatlamini ijtimoiy himoya qilish, uy-joy bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami tobora kengayib bormoqda. Ayniqsa, soʻnggi ikki yil mobaynida Bogʻiston mahallasi hamda Nanay qishlogʻida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari tuman ahlini yangi marralar sari undamoqda.

 

Prezidentimiz tashabbusi bilan istiqlolimizning 28 yilligini yanada koʻtarinkilik bilan qarshilash, aholining turmush madaniyati va farovonligini oshirish maqsadida “Obod markaz” dasturi asosida olib borilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari Vodiy, Yuksalish, Beshbuloq, Obod, Toshkent, Qorasuv, Qoʻriq va Qutluqtol mahallalarida ham oʻz ifodasini topmoqda.

 

Tuman madaniyat, mudofaa ishlari boʻlimlari, 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, yengil sanoat kasb-hunar kolleji, 1-maktabgacha taʼlim muassasasi va 10-umumtaʼlim maktabi binolarining tubdan taʼmirlanishi natijasida tuman markazi qiyofasi kun sayin koʻrkamlashib bormoqda.

 

Bu saʼy-harakatlarda fidoyi yurtdoshlarimiz ham qoʻl qovushtirib turmay, munosib hissa qoʻshayotgani kishini quvontiradi. Jumladan, xususiy tadbirkor Saidvali Muhammadvaliyev oʻz mablagʻi hisobidan tibbiy diagnostika markazini qurishni boshlab yuborgan boʻlsa, boshqa bir tadbirkor 100 oʻrinli xususiy bolalar bogʻchasi qurilishini yakunlash arafasida.

 

Qayerdaki, oʻzaro hamjihatlik boʻlsa, oʻsha joyda ishda unum, baraka boʻladi. Bu oddiy haqiqatning amaldagi ifodasini qisqa muddat ichida tuman markazidagi Namangan, Chortoq, Amir Temur va Navkent koʻchalarida aholining ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida tortilgan 6 kilometrdan ichimlik suvi tarmogʻi, yangi qurilgan tik quduq, tungi yoritgichlar misolida ham koʻrish mumkin. Shuningdek, oqova suvlarni bartaraf etish uchun zarur masofaga quvurlar yotqizilib, 700 metr uzunlikda elektr tarmogʻi tortilgani yuzdan ziyod xonadonda yashash sharoiti yaxshilanishiga olib keldi.

 

Markaziy koʻchalarning ikki tomoniga lotok-ariqlar va zamonaviy tungi yoritish chiroqlari oʻrnatilishi barobarida aylanma yoʻlda qayta taʼmirlash ishlari jadal suratlarda davom ettirilmoqda. Namangan va Chortoq koʻchalarini bogʻlovchi 1 ming 100 metr yoʻlning ikki tomoniga tadbirkorlar tomonidan dorixona, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, tikuvchilik sexi, hammom, non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan yoshlar mehnat guzari, tabobat markazi, mehmonxona hamda bir qator savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari qurilmoqda. Mazkur obyektlar ishga tushirilgach, 350 yangi ish oʻrni yaratiladi.

 

Bundan tashqari, bank krediti va tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan 142 ta xizmat koʻrsatish obyektida qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotir. Mazkur koʻchalarga rejalashtirgan 260 ta tungi yoritish chiroqlarining 148 tasi oʻrnatildi. Imkoniyat va imtiyozlardan ruhlangan tadbirkorlar tomonidan joylarda muzqaymoq pavilyoni, mehmonxona, otalar choyxonasi, yoshlar xiyoboni va aholining madaniy dam olishi uchun yashil xiyobonlar barpo etilmoqda.

 

Bugun Yangiqoʻrgʻon markaziga qaysi tarafdan kelmang, meʼmorchilikning zamonaviy loyihalari asosida bunyod etilayotgan 159 dan ziyod maishiy xizmat shoxobchasi, taʼmirlanayotgan va yangi qurilayotgan piyodalar yoʻlagi, gulzorlar va koʻkalamzorlashtirish ishlarini koʻrib koʻnglingiz shodlanib, koʻzingiz quvnaydi.

 

Mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, “Obod markaz” dasturi doirasida markazda keng quloch yoygan taʼmirlash va obodonchilik bilan bogʻliq xayrli yumushlar istiqlolimizning qutlugʻ 28 yilligi arafasida yakunlanadi. Yangi qiyofadagi Yangiqoʻrgʻon hudud aholisiga bayram sovgʻasi boʻladi. Bunday yuksalishlar har bir yangiqoʻrgʻonlik diliga gʻurur va iftixor nashidasini olib kirishi aniq.

 

Akromjon SATTOROV, OʻzA

31.07.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar