2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat xizmatlarini olishda elektron raqamli imzodan foydalanish ixtiyoriy bo‘ldi

Xabaringiz bor, Davlat xizmatlari agentligi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida fuqarolar fikrini o‘rganish ishlarini olib borib, doimiy ravishda turli mazmundagi so‘rovlar o‘tkazib turadi.

Aynan jamoatchilik bilan doimiy aloqa natijasida sohamizni yaxshilash uchun bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar aniqlanadi.

Demak, davlat xizmatlari sohasida qanday yangiliklar va engilliklar mavjud?

Birinchidan, uzoq muddat mobaynida ijtimoiy tarmoqlarda elektron raqamli imzo (ERI) bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushgan. Aslida esa, murojaatni elektron shaklda yuborayotganda aynan ERI fuqarolarni shaxsini tasdiqlaydi. Shuning uchun axborot xavfsizligini ta’minlash va shaxsiy identifikatsiya qilishning boshqa muqobil usullari mavjud emasligi sababli, Davlat xizmatlari markazlarida ERI kalitlarini taqdim etishi lozim edi. Ta’kidlash kerakki xizmat uchun to‘lov ham belgilangandi. Bundan tashqari, aholimizdan ERIni yo‘qotib qo‘yganligi (u fleshka yoki b. qurilmalarga yozib olinishi belgilangan) va uni olish uchun qayta murojaat qilish talabi yuzasidan ko‘plab norozi kayfiyatdagi e’tiroz va murojaatlar kun sayin ortib borayotgandi.

DXA aholi fikrini inobatga olgan holda qonunchilikka zarur o‘zgartishlar kiritilishini tashabbus etdi. Natijada, ERIni majburiy tartibda qo‘llashga doir talab bekor qilindi, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

* Albatta, Markazlar shaxsni identifikatsiya qilishning turli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo) bilan ta’minlangunga qadar ma’lum vaqt talab etiladi. Shunga qadar ariza beruvchilar tomonidan ERIni olish imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli so‘rovnomalar qog‘oz ko‘rinishida chop etilib, ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangandan so‘ng Markaz xodimlarining ERI bilan tasdiqlangan holda vakolatli organlarga yuborilishini ta’minlanadi.

Ikkinchidan, davlat xizmatlaridan foydalanayotganda 10 % chegirmaga ega bo‘lmoqchimisiz?

Unda elektron xizmatlardan foydalaning!

Endilikda davlat xizmatlarini olish uchun my.gov.uz portali orqali murojaat etganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘lanadigan summadan 90 foiz to‘lanadi.

Uchinchidan, sudlanganlik (yoki sudlanmaganlik) hamda soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnomalarni olish uchun endi ariza beruvchi bilan birga uning yaqin qarindoshlari ham (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari) ariza berishi mumkin.

Ko‘rib turganingizdek, Davlat xizmatlari agentligi kelib tushayotgan murojaatlar hamda ijtimoiy tarmoqlarni doimiy ravishda o‘rganib boradi hamda xalqimizni qiziqtiradigan muammolarning tizimli echimini topishga harakat qiladi.

O‘zA

17.07.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar