Surxondaryo viloyati Termiz shahrida xotin-qizlar va oilalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan Qumqoʻrgʻon, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Angor tumanlari hamda viloyat markazida yashayotgan 85 nafar nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi va qoʻltiqtayoq topshirildi.
Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Qobulova va boshqalar keyingi yillarda mamlakatimizda mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan fuqarolar va turmush sharoiti ogʻir xotin-qizlarni har taraflama ijtimoiy himoya qilish davlatimiz belgilab olgan siyosatning ustuvor yoʻnalishiga aylanganini alohida taʼkidladi.
Prezidentimizning 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bu boradagi ishlar koʻlamini yanada kengaytirishda muhim dasturilamal boʻlmoqda. Shunga asosan xotin-qizlarni va oilalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi turli moslamalarga ehtiyoj sezayotgan nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga alohida eʼtibor qaratmoqda.
– Taqdirimga bitilgan ekan ikki yil muqaddam ikkinchi guruh nogironi boʻlib qoldim, – deydi Termiz tumanidagi Tinchlik mahallasida yashovchi fuqaro Oʻ.Qoʻshimboyeva. – Bir marta umurtqamda jarrohlik amaliyotini oʻtkazdim. Keyin instultga ham chalindim. Endilikda bu aravacha menga beminnat dastyor boʻlib xizmat qiladi. Ilohim, bizga eʼtibor koʻrsatayotgan davlatimiz tinch, obod boʻlaversin.
Tadbirda nogironligi boʻlgan 20 nafar xotin-qizga nogironlik aravachasi, 24 nafariga eshitish moslamasi, 41 nafariga qoʻltiqtayoq berildi.
Xolmoʻmin MAMATRAYIMOV, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |