2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
8 yildan buyon tozalanmay kelingan zovur tozalanadigan bo‘ldi

Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoevning navbatdagi sayyor qabuli Buxoro tumanida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat sog‘liqni saqlash, moliya, qishloq xo‘jalik va suv xo‘jaligi, xalq ta’limi boshqarmalari, huquq-tartibot idoralari, boshqa qator tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerak, viloyat rahbari sayyor qabuliga qiziqish oshib borayotir. Buni bu galgi tadbir ishtirokchilari doirasi Romitan, Peshku, Shofirkon, Vobkent, Jondor, G‘ijduvon tumanlari va Buxoro shahridan ko‘plab fuqarolar hisobiga kengaygani ham tasdiqlaydi.

Kishilar nafaqat o‘zlarining shaxsiy masalalari, ayni paytda, bevosita hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarni, ularning echimiga qaratilgan taklif va tashabbuslarini ham ilgari surdi.

Buxoro tumani “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Kushxona qishlog‘ida 300 ga yaqin xonadon bo‘lib, ular topadigan daromadning kattagina qismi tomorqa xo‘jaligi bilan bog‘liq. Afsuski, hududdan o‘tadigan zovur to‘laqonli ishlamasligi sabab, zax sathi ko‘tarilgan. Oqibatda, ekin maydonlari hosildorligi pasayib ketibdi. Mevali daraxt ko‘chatlarining qariyb yarmi qurib qolmoqda. Kamol Qahhorov ayni shu masalada sayyor qabulga keldi.

– Sizot suvi sathini pasaytirish uchun 8 yildan buyon tozalanmay kelingan zovurni ta’mirlash zarur, – deydi qishloq vakili Kamol aka. – Bu masalada tumanning tegishli idoralariga necha bor murojaat qilganmiz. Nihoyat, mutasaddilar joriy yil birinchi choragida masala hal bo‘lishini va’da berishdi. Ammo ahvol o‘zgarmadi. Dardimizni tinglagan viloyat rahbari suv xo‘jaligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar rahbarlariga zovurni yaqin vaqt mobaynida ta’mirlash, zax qochirish quvvatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Murojaatimda, shuningdek, qishlog‘imiz yo‘li ta’mirtalab bo‘lib qolgani haqida ham bildirgan edim. Asfalt yotqizish masalasi imkon qadar yil oxiriga qadar hal bo‘lishini eshitib, xursand bo‘ldik.

Tadbirga kelgan tumandagi Do‘stlik MFY ning Zarafshon ko‘chasida yashovchi Razzoq Ro‘ziev ham o‘z xursandchiligini jurnalistlar bilan baham ko‘rdi.

– Bundan 40 yil ilgari ko‘chamizda o‘rnatilgan elektr uzatish liniyalari trassasidagi simyog‘ochlar eskirib, yarovsiz holga kelib qolgan edi, – deydi u. – Gohida shamol qattiq esganida simlar bir-biriga tegib, chaqnar edi. Yil boshida tasdiqlangan dasturda rejada ko‘rsatilmagan simyog‘och ustunlarni temir-betonlilarga almashtirish uchun esa elektr ta’minoti korxonasining moliyaviy ahvoli cheklangani imkon bermasdi. Sayyor qabulda viloyat hokimi ko‘p yillik muammoni hal etish uchun yaqin kunlarda viloyat byudjeti hisobidan 80 million so‘m mablag‘ ajratilishini bildirdi.

Buxoro viloyatida bir necha nodavlat ta’lim muassasasi bo‘lib, ular ijaraga olingan binolarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Loyiha tashabbuskori Umid Ikromov 300 o‘rinli xususiy maktabni esa yangidan bunyod etadi. U ushbu ta’lim muassasasining loyihasini viloyat hokimiga taqdim qilarkan, qurilish uchun Buxoro shahridan er ajratishni iltimos qildi. Tadbirkor tashabbusi ma’qullandi. Viloyat qurilish va arxitektura hamda kadastr boshqarmalari rahbarlari masalani o‘rganib chiqib, hal etiladigan bo‘ldi.

Sayyor qabulda gaz ta’minoti, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi, moddiy yordam, mehnat bandligi, uy-joy, yo‘llarni ta’mirlash kabi o‘nlab dolzarb muammolar yuzasidan 290 ga yaqin murojaatlar rasmiylashtirildi. Jumladan, shaxsan viloyat rahbari tomonidan 83 fuqaro qabul qilindi. Murojaatlarning 30 foizga yaqini hal etildi yoki echimini topish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Albatta, qayd etilgan muammolarning bartaraf etilishi nazoratga olinadi.

Ta’kidlash joiz, sayyor qabul doirasida mehnat yarmarkasi ham tashkil qilindi. 32 tashkilot va korxona tomonidan 285 bo‘sh ish o‘rni taklif etilgan tadbirda 12 fuqaroga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanma berildi. Shuningdek, qabul davomida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik ham o‘tkazildi. Unga 90 nafarga yaqin kishi murojaat qildi. Salomatligida muammolar bo‘lgan fuqarolarga viloyat va respublika shifoxonalariga davolanish tavsiya etildi hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Erkin YОDGOROV, O‘zA

01.07.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar