2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Paxtakor tumanidagi qurilish hamda obodonlashtirishdan xalq mamnun

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda qishloq aholisining turmush sharoitini tubdan yaxshilash bo‘yicha yangi tizim yaratildi.

Shu bois Do‘stlik tumanidagi «Manas» qishlog‘i batamom yangicha qiyofa kasb etdi. Gagarin shahrida olib borilgan qurilish, obodonlashtirish tadbirlari natijasida tuman markazi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi. 

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 30-31 yanvar kunlari viloyatimizga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va shu yil 20 fevraldagi “Obod qishloq” davlat dasturini “2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori Paxtakor tumani markazining me’moriy qiyofasini keskin o‘zgartirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

1960-1966 yillarda davomida tuman markazida cho‘lquvarlar uchun  88 ta barak tipidagi uy-joylar qurilgan edi. Mazkur turar-joylar vaqt o‘tishi bilan harobaga aylangan. Shu sababli bu turar-joylar buzib tashlanib, ularning o‘rnida yangi ko‘p qavatli zamonaviy binolar qurilishi boshlab yuborildi.

Barak uylarda istiqomat qilib kelgan 945 ta oilaga uy-joy qurish uchun tuman hokimining qarori bilan “Oltinko‘l” mahallasi hududidan 19 gektar, “Olmazor” qishloq fuqarolar yig‘ini xududidan 4,2 gektar er maydoni ajratildi.  Ayni paytda har ikkala fuqarolar yig‘ini hududi ulkan qurilish maydoniga aylandi.

Hashar xalqimizning azaldan qadrlanib kelinayotgan milliy qadriyatlarimizdan biri. Bu an’ana ayni shu kunlarda Paxtakorda o‘zgacha ko‘rinish kasb etgan. “Oltinko‘l” mahallasida uyushtirilayotgan hasharlar natijasida qurilish ishlari jadallik bilan olib borilayotir. Hasharga 100 dan ortiq  maxsus texnikalar jalb etilganligi ish sur’ati va sifatini oshirmoqda.

Qurilish maydonida xotin-qizlar qo‘mitasining tashabbusi bilan yangi tikuvchilik tsexi tashkil etildi. Bu erda vaqtincha ishsiz bo‘lgan 100 ziyod opa-singillarimiz bandligi ta’minlandi.

Ular tomonidan hashar kunlari 73 ta zamonaviy tikuv mashinasida paxta yig‘im-terimi uchun zarur bo‘lgan minglab etak-fartuklar tayyorlandi.

Ish jarayonida “Do‘stlik” mahallasida yashovchi Feruza Olimova, opa-singil Surayyo va Gulhayo Rahmonqulova, Madina Isaeva, Shohida Nastainova va Go‘zal Sarimsoqova kabi tikuvchilar alohida jonbozlik ko‘rsatishdi.

Yangi uy-joylar qurilishi uchun ajratilgan maydonda 600 ta chodir barpo etilgan. Chodirlarga ko‘chib o‘tgan 150 oila o‘zlariga ajratilgan hududda yangi uy-joy qurishni uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Hashar kunlarida yangi qurilayotgan uylarning sohiblariga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatilayotgani ham diqqatga sazovor. 

-Uylarimizni tezkorlik bilan qurib, bitkazishimiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan,- deydi yangi uy sohibi Rahmon To‘raqulov.- Tsement, shag‘al va boshqa qurilish ashyolari etarlicha ajratilmoqda. Toza ichimlik suvi, qurilish ishlari uchun zarur bo‘lgan suv 4 ta texnika yordamida etkazib berilmoqda. Farzandlarim bilan bizga ajratilgan 9 sotix maydonda 3 ta uy-joy qurilishni boshlab yubordik. Gagarin shahrida yashovchi o‘g‘lim Sobir To‘raqulov ham oilasi bilan  hasharga kelgan.

Aholini Paxtakor – Do‘stlik magistral ichimlik suvi tarmog‘idan olinadigan toza suv bilan ta’minlash maqsadida 750 metr masofaga diametri 160 mm bo‘lgan polietilen quvur yotqizilib,   5 joyda suv chiqarish jo‘mraklari o‘rnatildi.

34 ta elektr tayanch ustunlari,  300 metrli masofaga yoritish uskunalari o‘rnatildi. Yangi ko‘prik qurish ishi ham nihoyasiga etdi.  

4 nafar farzandi va kelini bilan 6 sotix joyda uy qurilishini boshlagan fuqaro Ulug‘bek Eshmamatov ham hukumatimiz tomonidan berilayotgan ijtimoiy yordamdan benihoya minnatdor. Tom qismi yopilib, shifer qoqish uchun tayyorlab qo‘yilgan uy sohibi Qosimjon Nishonov 2 nafar o‘g‘li, kelini va nabiralari bilan umumxalq hashari kunlarida hasharchilar tomonidan ko‘rsatilgan yordamdan boshi osmonga etdi.

Yana bir hushxabar, yangi qurilayotgan har bir uyga 150 tadan shifer ajratiladigan bo‘ldi.

– Hasharchilarning bizga ko‘rsatgan mehr-muruvvatidan xursand bo‘lib, ularni osh bilan siylashni o‘z burchimiz deb bildik. Beg‘araz yordamga kelgan kishilarni ko‘rib, ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi, qalban bir-birimizdan madad oldik. Azaliy udumlarimizdan hashar biz uchun nechog‘li azizligiga yana bir bor iymon keltirdik, - deydi mamnuniyat ila xonadon sohibasi Malika Qosimova.     

Maydonda joylashgan ko‘chma tibbiy xizmat punktining ishi ham odamlarga manzur bo‘layapti. Ayniqsa, shifokor Sobir To‘raev boshliq tibbiyot xodimlari va terapevt-vrach Abdurashid Murodqulovning fidoyiligi  hasharchilarga kuch-quvvat baxsh etmoqda.

Ezgu niyatli homiylarning beg‘araz yordamidan Natalya Shevchenko, Fayzulla Mamatqulov kabi o‘nlab fuqarolarning qalbi ham sevinchlarga to‘ldi.

 -Shu erda xalqimizning hotamtoyligi va mehr-muruvvatini alohida ta’kidlashga to‘g‘ri keladi, -deydi “Hidoyat” jome masjidining bosh imom xatibi Otabek Yo‘ldoshev.-“Oltinko‘l” mahallasida boshlangan bunyodkorlik ishlaridan xabar topgan Forish, Arnasoy va Do‘stlik tumanlarining xalqi sahovatpeshalikda ibrat ko‘rsatishdi. Ular bunyodkorlik ishlarida qatnashayotgan hamyurtlarimizga  2 bosh qoramol, 5 bosh qo‘y, 76 kg. go‘sht, 685 kg. guruch, 300 dona tuxum, 275 litr yog‘, 40 kg. shakar, kabi oziq-ovqat mahsulotlarini homiylik yordami sifatida tuhfa etishdi.

Bugun “Olmazor” qishloq fuqarolari yig‘ini xududida ham qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilayapti. 120 ta uy-joy manzili aniqlanib, 90 ta uy-joy o‘z egalariga ajratib berildi. Muhimi, ana shu manzilda ham turar-joylarga poydevor qo‘yish, devor ko‘tarish ishlari boshlab yuborildi.  

Uy-joylar qurilishi mo‘ljallanayotgan 3-massivda ham ish qizg‘in tus olgan. Bu erda 300 ta uy-joy qurilishi rejalashtirilgan. Hozir 250 dan ortiq oila sohiblariga uy-joy uchun er maydoni ajratib berildi.

Yangidan bunyod etilayotgan uylarda amalga oshirilayotgan ishlar reja asosida olib borilmoqda. Ish unumdorligi yuqori. Hademay bu erda biri biridan chiroyli, ko‘rkam turar-joylar qad rostlaydi.

“Obod qishloq” Davlat dasturi doirasidagi tadbirlarda, qolaversa zamonaviy yangi shaharcha qurilishida ham umumxalq hasharining ahamiyati beqiyos.

Hashar belgilangan rejalarning muddatidan oldin yakuniga etishida muhim ahamiyatga ega. Qolaversa hashar odamlarni, og‘a-ini va qarindoshlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtiruvchi katta kuchdir. 

 

Qadrlab azaliy qadryatlarni,

Millatlar birlashib xalq bo‘lgan elim.

Ming shukr, shu qutlug‘ kunlarga etding.

Kamol top, yuksakda balq endi elim.

O‘zingniki bugun cho‘ling, chamaning,

Tamal toshingi qo‘y, metin mustahkam.

Bunyodkor ajdodga voris bo‘lolding,

Mas’ul bo‘l, zaminning tinchligiga ham.

Xolbo‘ta Xudayorov, “Paxtakor hayoti”

gazetasining bosh muxarriri 

23.06.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar