2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
O‘tkazilayotgan sayyor qabullar qanchalik samarali bo‘lmoqda

Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari A.Bozorov Zarafshon shahri va Tomdi tumani “Suketti” ovul fuqarolar yig‘ini aholisi bilan uchrashdi.

Darhaqiqat, 4-sektor tomonidan 2019 yilning o‘tgan davrida viloyat bo‘ylab 13 marta sayyor qabul o‘tkazilib, ularda qariyb 1400 fuqaro ishtirok etgan. Uchrashuvlar davomida aholi tomonidan 246 ta masala ko‘tarilib, 76 murojaat joyida hal etilgan. Ko‘tarilgan muammolarning 47 tasiga asosli tushuntirishlar berilib, nazoratga olingan 140 ta masalaning 62 tasi shu paytga qadar ijobiy hal etilgan.

Zarafshon shahridagi “Bahor” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan uchrashuvda aholini qiynab kelayotgan ishsizlik, ichimlik suvi, yo‘l, tabiiy gaz, elektr energiyasi, uy-joy bilan ta’minlash, salomatligini tiklash uchun homiylik yordami ko‘rsatish, farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish kabi muammolar viloyat hamda shahar tashkilotlari mutasaddilari, mahalliy hokimlik mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

Shaharcha hududidagi ayrim hovlilarga elektr enegiyasi, toza ichimlik suvi, oqava suv ham etib bormagan. Hudud aholisini qiynab kelayotgan mazkur muammolarni batafsil o‘rganib, ijobiy echim topish uchun ishchi guruh tuzildi. Shuningdek, Zarafshon shahar “Bahor” mahallasi 12-uyda yashovchi Shahlo Ismoilova ko‘p qavatli uyning tom qismi ta’mirlangan bo‘lsada, yog‘ingarchilik paytida chakka o‘tayotganidan shikoyat qildi. Mazkur masalani joriy yilning 1 avgustiga qadar ijobiy hal etish uchun Markaziy kon boshqarmasi Uy-joy kommunal boshqarmasiga zarur topshiriq berildi.

Tomdi tumani “Suketti” ovul fuqarolar yig‘ini aholisini ham uzoq vaqtdan beri qiynab kelayotgan ayrim muammolar o‘rganib chiqildi. Masalan, Bauirjan Dusjanov fuqarolar yig‘inida jamoatchilik ishlariga rasmiy qabul qilingan bo‘lsada, ikki oylik maoshini ololmayotganidan shikoyat qilib, yordam so‘rab murojaat qildi. Tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va Mahallalar kengashi nazoratiga olinib, qisqa muddatda masalaga echim topiladigan bo‘ldi.

Sayyor qabul davomida eng namunali soliq to‘lovchi tadbirkorlik sub’ektlariga viloyat davlat soliq boshqarmasining faxriy yorliqlari hamda aholiga 200 dona kitoblar tarqatildi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA

22.06.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar